Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 31 Oct 2025 | Maqola Ochiq kirish

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA QAHRAMON OBRAZINING IJTIMOIY-ESTETIK TAHLILI

Sheraliyeva Dildora Abduvaxob qizi, Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 1-kurs tayanch doktoranti
O'zbekcha

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA QAHRAMON OBRAZINING IJTIMOIY-ESTETIK TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu maqola Abdulla Qahhorning “Oʻgʻri”, “Anor” va “Jonfigʻon” hikoyalarida qahramon obrazlarini ijtimoiy-estetik jihatdan tahlil qilishga bagʻishlangan. Muallif har bir hikoyada jamiyat hayotining turli qatlamlari, insoniy fazilatlar va ruhiy kechinmalarni badiiy ifoda etish orqali oʻz davrining ijtimoiy haqiqatini ochib beradi. “Oʻgʻri” hikoyasida xalqning kambagʻallik va tengsizlikka qarshi sabrli, ammo kuchsiz holati; “Anor”da moddiy qashshoqlik va maʼnaviy inqirozning oilaviy hayotga taʼsiri; “Jonfigʻon”da esa eskicha dunyoqarash bilan yangi ijtimoiy ong toʻqnashuvi badiiy tasvir orqali koʻrsatiladi. Maqolada yozuvchining “achchiq kulgi” uslubi va estetik uygʻunlik, ramz va detallar orqali xarakter ochish mahorati tahlil qilinadi. Shuningdek, Qahhor qahramonlarining insoniy fazilatlari-halollik, sabr, mehnatsevarlik va oʻzini anglash jarayoni orqali adibning badiiy-estetik ideallari yoritilgan. Asarlarda ijtimoiy haqiqat va estetik goʻzallik bir butunlikda ifodalanib, oʻquvchini insoniy qadriyatlar va maʼnaviy yangilanish haqida chuqur oʻyga chorlaydi.

Kalit so'zlar: Ijtimoiy-estetik tahlil, qahramon obrazi, hayot qiyinchiliklari, realizm, achchiq kulgi, ramz, mehnat, insoniylik, maʼnaviy qadriyatlar.

Русский

СОЦИАЛЬНО-ЭСТЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ОБРАЗА ГЕРОЯ В РАССКАЗАХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА

Аннотация. Данная статья посвящена социально-эстетическому анализу образов героев в рассказах Абдуллы Каххара «Вор», «Гранат» и «Джонфигон». Автор раскрывает социальную действительность своего времени, художественно изображая различные слои общества, человеческие качества и душевные переживания. В рассказе «Вор» показано терпеливое, но бессильное положение народа перед лицом бедности и неравенства; в «Гранате» - влияние материальной нищеты и духовного кризиса на семейную жизнь; а в «Джонфигоне» отражается столкновение старого мировоззрения с новым социальным сознанием. В статье анализируются «горький юмор» писателя, эстетическая гармония, мастерство раскрытия характера через символы и детали. Кроме того, через такие человеческие качества героев, как честность, терпение, трудолюбие и процесс самопознания, раскрываются художественно-эстетические идеалы автора. В произведениях социальная правда и эстетическая красота выражены в единстве, побуждая читателя к глубоким размышлениям о человеческих ценностях и духовном обновлении.

Ключевые слова: социально-эстетический анализ, образ героя, жизненные трудности, реализм, горький юмор, символ, труд, человечность, духовные ценности.

English

SOCIO-AESTHETIC ANALYSIS OF THE HEROʻS IMAGE IN ABDULLA QAHHORʼS SHORT STORIES

Abstract. This article is devoted to the socio-aesthetic analysis of the characters in Abdulla Kahhorʼs short stories “The Thief,” “The Pomegranate,” and “Jonfigon.” The author reveals the social reality of his time through the artistic depiction of different layers of society, human virtues, and emotional experiences. In “The Thief,” the patient yet powerless condition of the people against poverty and inequality is portrayed; in “The Pomegranate,” the impact of material deprivation and moral decay on family life is examined; and in “Jonfigon,” the clash between traditional worldview and emerging social consciousness is vividly represented. The article analyzes the writerʼs “bitter irony” style, aesthetic harmony, and his mastery in revealing character through symbols and details. Moreover, through the human qualities of Kahhorʼs protagonists-honesty, patience, diligence, and self-awareness, the authorʼs artistic and aesthetic ideals are illuminated. The stories express social truth and aesthetic beauty in unity, inviting readers to reflect deeply on human values and spiritual renewal.

Keywords: socio-aesthetic analysis, character image, life hardships, realism, bitter irony, symbol, labor, humanity, moral values.

Fayllar

abdulla-qahhor-hikoyalarida-qahramon-obrazining-ijtimoiy-est.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 10.00.00-Filologiya fanlari
Jurnal 2025-yil 10-son (oktabr)
Chop etilgan 31 Oct 2025
Tashkilot Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
ID 44271-1793788115
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.