Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Yordam markazi

Ko'p beriladigan savollar (FAQ)

Tizimdan foydalanish, maqola topshirish, taqriz ko'rigi va to'lovlar yuzasidan eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Ha, jurnalimiz Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Rayosatining qarori bilan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan.
01.00.00 - Fizika-matematika fanlari
02.00.00 - Kimyo fanlari
03.00.00 - Biologiya fanlari
09.00.00 - Falsafa fanlari
10.00.00 - Filologiya fanlari
13.00.00 - Pedagogika fanlari

Ha, jurnalning bosma va elektron versiyalari uchun xalqaro ISSN raqamlari mavjud. (ISSN: 2181-1458, ISSN: 2181-0427)
Shuningdek, jurnalga qabul qilingan har bir ilmiy maqolaga xalqaro DOI (Digital Object Identifier) raqami beriladi.

Jurnalimiz Web of Science (Clarivate Analytics), Scopus (Elsevier), Crossref, Google Scholar kabi nufuzli xalqaro va milliy ilmiy bazalarga integratsiya qilingan.

Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolalarni tizimda ro'yxatdan o'tgan holda shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda (MS Word formatida) yuborishingiz shart.

Barcha maqolalar tizimga kelib tushgach, maxsus aksilplagiat (Anti-plagiarism) dasturlari orqali tekshiriladi. Maqolaning originallik darajasi kamida 80-85% bo'lishi shart. Aks holda maqola rad etiladi.

Kelib tushgan maqolalar dastlabki texnik ko'rikdan (2-3 kun) o'tgach, soha mutaxassislariga "yashirin taqriz" (Blind Review) uchun yuboriladi. Taqriz jarayoni odatda 2 haftadan 4 haftagacha davom etishi mumkin.

Taqrizchi tavsiyalari muallifning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Muallif ko'rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda (odatda 5-7 kun) to'g'rilab, maqolaning yangilangan variantini qayta yuklashi lozim.

Maqolani tahrir qilish, DOI raqami berish va texnik xizmatlar uchun to'lov mavjud.

Yuborilgan (Submitted): Maqola tizimga muvaffaqiyatli yuklandi.
Taqrizda (Under Review): Maqola mutaxassis ekspertlar tomonidan o'rganilmoqda.
Tuzatishda (Revision Required): Kamchiliklarni to'g'rilash uchun muallifga qaytarilgan.
Qabul qilingan (Accepted): Maqola nashrga tayyorlanmoqda.
Rad etilgan (Rejected): Maqola talablarga javob bermaganligi sababli nashr etilmaydi.

Savolingizga javob topa olmadingizmi? Telegram botimiz orqali yordam so'rang:

Telegram qo'llab-quvvatlash bot