Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 30 Aug 2025 | Maqola Ochiq kirish

YOVVOYI ARPA SELLYULOZASINI OLISH VA UNI REZINA ARALASHMALARIDA TO‘LDIRUVCHI SIFATIDA QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI

Qarshiyev Nurali, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Khusenov Arslonnazar, Toshkent kimyo- texnologiya instituti
Eshqurbonov Furqat, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
O'zbekcha

YOVVOYI ARPA SELLYULOZASINI OLISH VA UNI REZINA ARALASHMALARIDA TO‘LDIRUVCHI SIFATIDA QO‘LLASH TEXNOLOGIYASI

Annotatsiya. Annotatsiya. Ushbu ishda yovvoyi arpa (Hordeum) poyasi biomassasidan ekstruzion usulda sellyuloza ajratib olish, uni kalsiy karbonat (CaCO3) bilan modifikatsiyalash va konveyer tasmalari uchun mo‘ljallangan rezina aralashmalarida import qilinadigan texnik uglerodning 10 % o‘rniga to‘ldiruvchi sifatida qo‘llash texnologiyasi bayon etilgan. Sinovlar 101-L, 101-T1 va 301-L markali aralashmalarda o‘tkazildi. 101-L aralashmasida sellyuloza kiritilishi natijasida uzilishdagi mustahkamlik 17,65 dan 18,75 MPa gacha (taxminan 6,2 %), uzilishdagi nisbiy uzayish 605,8 dan 618 % gacha oshdi, vulkanlanishning boshlanish vaqti T10 45,71 dan 40,09 s gacha, optimal vulkanlanish vaqti T90 esa 120,66 dan 116,89 s gacha qisqardi. 101-T1 va 301-L markali aralashmalarning barcha sinalgan ko‘rsatkichlari standart texnik talablar oralig‘ida bo‘ldi, 301-L aralashmasida qatlamlararo yopishish ko‘rsatkichlari 17–31 % ga yaxshilandi. Olingan natijalar yovvoyi arpa sellyulozasini rezina-texnika buyumlari ishlab chiqarishda import texnik uglerodning qisman o‘rnini bosuvchi mahalliy to‘ldiruvchi sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Kalit so‘zlar: yovvoyi arpa, sellyuloza, ekstruziya, rezina aralashmasi, to‘ldiruvchi, texnik uglerod, vulkanizatsiya, konveyer tasmasi.

Русский

ТЕХНОЛОГИЯ ПОЛУЧЕНИЯ ДИКОЙ ЯЧМЕННОЙ ЦЕЛЛЮЛОЗЫ И ЕЁ ПРИМЕНЕНИЯ В КАЧЕСТВЕ НАПОЛНИТЕЛЯ В РЕЗИНОВЫХ СМЕСЯХ

Аннотация. Аннотация. В данном исследовании описывается технология извлечения целлюлозы путём экструзии из биомассы ростков дикого ячменя (Hordeum), с добавлением карбоната кальция (CaCO3) и применения в качестве наполнителя вместо 10% импортируемого технического углерода в резиновых соединениях, предназначенных для конвейерных лент. Испытания проводились в смесях, маркированных как 101-L, 101-T1 и 301-L. В результате внедрения целлюлозы в смесь 101-L прочность интенсивности увеличилась с 17,65 до 18,75 МПа (примерно 6,2%), относительная удлинённость разрыва увеличилась с 605,8 до 618%, время начала вулканизации T10 сократилось с 45,71 до 40,09 с, а оптимальное время вулканизации T90 снизилось с 120,66 до 116,89 с. Все протестированные индикаторы смесей под брендами 101-T1 и 301-L соответствовали стандартным техническим требованиям, тогда как производительность межслойной адгезии улучшилась на 17–31% в смеси 301-L. Полученные результаты свидетельствуют о том, что дикая ячменная целлюлоза может использоваться как бытовой наполнитель в качестве частичной замены импортируемого технического углерода в производстве резиновых инженерных продуктов.

Ключевые слова: Ключевые слова: дикий ячмень, целлюлоза, экструзия, резиновая смесь, наполнитель, углеродной инженерии, вулканизация, конвейерная лента.

English

TECHNOLOGY TO OBTAIN WILD BARLEY CELLULOSE AND APPLY IT AS A FILLER IN RUBBER COMPOUNDS

Abstract. Annotation. This study describes a technology for extracting cellulose by extrusion from the biomass of wild barley (Hordeum) sprouts, modifying it with calcium carbonate (CaCO3) and applying it as a filler instead of 10% of imported technical carbon in rubber compounds intended for conveyor belts. Tests were carried out in mixtures labeled 101-L, 101-T1 and 301-L. As a result of the introduction of cellulose in the 101-L mixture, the severity strength increased from 17.65 to 18.75 MPa (approximately 6.2%), the relative elongation in the break increased from 605.8 to 618%, the onset time of vulcanization T10 decreased from 45.71 to 40.09 s, and the optimal vulcanization time of T90 decreased from 120.66 to 116.89 s. All tested indicators of 101-T1 and 301-L branded mixtures were within the standard technical requirements range, while interlayer adhesion performance improved by 17–31% in the 301-L mixture. The results obtained suggest that wild barley cellulose can be used as a domestic filler as a partial substitute for imported technical carbon in the production of rubber-engineering products.

Keywords: Keywords: wild barley, cellulose, extrusion, rubber compound, filler, carbon engineering, vulcanization, conveyor belt.

Fayllar

yovvoyi-arpa-sellyulozasini-olish-va-uni-rezina-aralashmalar.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 02.00.00-Kimyo fanlari
Jurnal 2025-8-son (avgust)
Chop etilgan 30 Aug 2025
Tashkilot Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
ID 45123-1793697097
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.