Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 16 Dec 2025 | Maqola Ochiq kirish

Ushbu ishda ikki o‘lchamli MoS₂/WSe₂ geterostrukturasida yorug‘lik ta’sirida hosil bo‘ladigan fototokning kuchlanishga bog‘liqligi o‘rganildi. Geterostruktura p–n o‘tishiga foton energiyasi materialning taqiqlangan zona kengligidan katta bo‘lgan yorug‘lik tushganda, elektron–teshik juftlari generatsiyasi yuz beradi. Elektr maydon ta’sirida ushbu zaryad tashuvchilar ajraladi va tashuvchilar yo’nalishida fototok hosil qiladi. Bir qatlamli materiallarning atom o‘lchamlari, kuchli spin-orbital bog‘lanish va kvant effektlari tufayli generatsiya qilingan fototokning tezkorligi, amplitudasi va chiziqliligi yuqori bo‘ladi. Tadqiqotda yorug‘lik intensivligi, to‘lqin uzunligi va kuchlanishning fototok hosil bo‘lishiga ta’siri tahlil qilinadi hamda ikki o‘lchamli geterostrukturalarning optoelektronika qurilmalaridagi afzalliklari ko‘rsatib berildi

Namangan davlat universiteti

Fayllar

ushbu-ishda-ikki-olchamli-mos2wse2-geterostrukturasida-yor.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 01.00.00-Fizika-matematika
Jurnal 2026-1-son (yanvar)
Chop etilgan 16 Dec 2025
Tashkilot Namangan davlat universiteti
ID 72614-1765869082