Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 06 Oct 2026 | Maqola Ochiq kirish

YUQORI KARBONATLI MARKAZIY QIZILQUM FOSFORITLARINI KISLOTALI BOYITISH

Sultonov Boxodir Elbekovich, NamDU, professor
Maxamadaliyev Xurshid, NamDU, 2-kurs Kimyo yo’nalishi magistranti
O'zbekcha

YUQORI KARBONATLI MARKAZIY QIZILQUM FOSFORITLARINI KISLOTALI BOYITISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada Markaziy Qizilqum konlarining yuqori karbonatli va past navli fosforitlarini kislotali boyitishning nazariy va texnologik asoslari tahlil qilingan. Fosforitlarning mineral va kimyoviy tarkibi, yuqori karbonatlilikning kislota sarfi hamda fosforning o‘zlashuvchan shaklga o‘tish darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Markaziy Qizilqum fosforitlarining P₂O₅ miqdori 14–18% atrofida, CaO miqdori esa 41–46% gacha bo‘lishi va CO₂ ning sezilarli ulushni tashkil etishi ularni an’anaviy boyitish usullarida qayta ishlashni murakkablashtiradi. Azot, fosfat va sulfat kislotalari yordamida kislotali parchalashning asosiy mexanizmlari qiyosiy ko‘rib chiqilgan. Adabiyot ma’lumotlari asosida CaO/P₂O₅ va CO₂/P₂O₅ modullari, nitrat kislotasining nazariy sarfi hamda uning karbonatlarni parchalashga sarflanadigan ulushi hisoblangan. Minerallashgan massa va shlamli fosforit uchun HNO₃ bilan ishlov berish natijasida olingan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinib, P₂O₅ ning o‘zlashuvchan shaklga o‘tishi kislota konsentratsiyasi va me’yoriga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Fosfat kislotasi bilan aktivlashtirishda karbonatlarning dastlabki parchalanishi va 47–55% stexiometrik kislota me’yorlarida yuqori darajadagi dekarbonizatsiya kuzatilishi aniqlangan. Yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum fosforitlarini kislotali boyitishda karbonatlarning kislota sarfiga ta’sirini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich yoki kombinatsiyalangan kislotali ishlov berish texnologiyasi istiqbolli yo‘nalish sifatida taklif etilgan.

Kalit so'zlar: Markaziy Qizilqum, fosforit, yuqori karbonatli fosforit, kislotali boyitish, nitrat kislotasi, fosfat kislotasi, sulfat kislotasi, dekarbonizatsiya, P₂O₅, CaO, CO₂, o‘zlashuvchan P₂O₅.

Русский

КИСЛОТНОЕ ОБОГАЩЕНИЕ ВЫСОКОКАРБОНАТНЫХ ФОСФОРИТОВ ЦЕНТРАЛЬНЫХ КЫЗЫЛКУМОВ

Аннотация. В данной статье проанализированы теоретические и технологические основы кислотного обогащения высококарбонатных и низкосортных фосфоритов месторождений Центральных Кызылкумов. Исследованы минеральный и химический состав фосфоритов, влияние высокой карбонатности на расход кислоты и степень перехода фосфора в усвояемую форму. Содержание P₂O₅ в фосфоритах Центральных Кызылкумов составляет около 14–18 %, содержание CaO достигает 41–46 %, а значительная доля CO₂ существенно осложняет их переработку традиционными методами обогащения. Проведено сравнительное рассмотрение основных механизмов кислотного разложения с использованием азотной, фосфорной и серной кислот. На основе литературных данных рассчитаны модули CaO/P₂O₅ и CO₂/P₂O₅, теоретический расход азотной кислоты, а также её доля, расходуемая на разложение карбонатов. Проанализирован химический состав продуктов, полученных при обработке минерализованной массы и шламового фосфорита азотной кислотой, и показана зависимость перехода P₂O₅ в усвояемую форму от концентрации и нормы расхода кислоты. При активации фосфоритов фосфорной кислотой установлено первоначальное разложение карбонатов, а также выявлена высокая степень декарбонизации при использовании 47–55 % стехиометрической нормы кислоты. В качестве перспективного направления кислотного обогащения высококарбонатных фосфоритов Центральных Кызылкумов предложена технология поэтапной или комбинированной кислотной обработки с учётом влияния карбонатов на расход кислоты.

Ключевые слова: Центральные Кызылкумы, фосфорит, высококарбонатный фосфорит, кислотное обогащение, азотная кислота, фосфорная кислота, серная кислота, декарбонизация, P₂O₅, CaO, CO₂, усвояемый P₂O₅.

English

ACID BENEFICIATION OF HIGH-CARBONATE PHOSPHORITES FROM THE CENTRAL KYZYLKUMS

Abstract. This article analyzes the theoretical and technological foundations of the acid beneficiation of high-carbonate and low-grade phosphorites from the deposits of the Central Kyzylkums. The mineralogical and chemical composition of the phosphorites, as well as the effect of high carbonate content on acid consumption and the degree of conversion of phosphorus into an assimilable form, were investigated. The P₂O₅ content of the Central Kyzylkum phosphorites is approximately 14–18%, while the CaO content reaches 41–46%, and the significant proportion of CO₂ considerably complicates their processing by conventional beneficiation methods. The main mechanisms of acid decomposition using nitric, phosphoric, and sulfuric acids were comparatively reviewed. Based on literature data, the CaO/P₂O₅ and CO₂/P₂O₅ ratios, the theoretical consumption of nitric acid, and the proportion of acid consumed for carbonate decomposition were calculated. The chemical composition of products obtained by treating mineralized material and phosphorite slime with HNO₃ was analyzed, and the dependence of the conversion of P₂O₅ into an acceptable form on acid concentration and dosage was demonstrated. During phosphoric acid activation, the initial decomposition of carbonates was observed, and a high degree of decarbonization was achieved at 47–55% of the stoichiometric acid dosage. A stepwise or combined acid-treatment technology is proposed as a promising approach for the acid beneficiation of high-carbonate phosphorites from the Central Kyzylkums, taking into account the effect of carbonates on acid consumption.

Keywords: Central Kyzylkum, phosphorite, high-carbonate phosphorite, acid beneficiation, nitric acid, phosphoric acid, sulfuric acid, decarbonization, P₂O₅, CaO, CO₂, acceptable P₂O₅.

Fayllar

yuqori-karbonatli-markaziy-qizilqum-fosforitlarini-kislotali.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 02.00.00-Kimyo fanlari
Jurnal 2026-10-son (oktabr)
Chop etilgan 06 Oct 2026
Tashkilot NamDU
ID 97028-1791266930
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.
Ilmiy ID-lar