Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 06 Oct 2026 | Maqola Ochiq kirish

2-GIDROKSI-1-NAFTALDEGID IMINOHOSILALARINING GKMAT BILAN SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSLARI

Alimbayeva Shiyrin Bekniyaz qizi, OʻzR FA akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, tayanch doktorant
Esanov Rahmat Sulton o‘g’li, OʻzR FA akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, katta ilmiy xodim
Rejepov Quralbay Jadigerovich, OʻzR FA akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, katta ilmiy xodim
O'zbekcha

2-GIDROKSI-1-NAFTALDEGID IMINOHOSILALARINING GKMAT BILAN SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSLARI

Annotatsiya. Mazkur tadqiqotning maqsadi 2-gidroksi-1-naftaldegid asosida sintez qilingan ayrim iminohosilalarning glitsirrizin kislotasining monoammoniyli tuzi (GKMAT) bilan yangi supramolekulyar komplekslarini olish, fizik-kimyoviy xossalarini hamda tuzilishini o‘rganishdan iborat. Shu maqsadda 2-gidroksi-1-naftaldegidning izoniazid, 4-aminoantipirin, p-aminobenzoy kislotasi, 4-amino-4H-1,2,4-triazol, 6-amino-3-pikolin, tiosemikarbazid va sulfatsil-Na bilan hosil qilgan iminohosilalarining GKMAT bilan 1:8 molyar nisbatlarda yangi supramolekulyar komplekslari olindi. Komplekslarning ayrim fizik-kimyoviy xossalari aniqlandi hamda ularning tuzilishi UB va IQ-spektroskopiya usullari yordamida tadqiq etildi. UB-spektrlarda asosiy yutilish maksimumlari 260-370 nm oralig‘ida kuzatildi. Boshlang‘ich birikmalar bilan qiyosiy tahlil natijasida gipsoxrom va batoxrom siljishlar aniqlandi. Mazkur holat komplekslanish jarayonida molekulalarning elektron tuzilishi hamda xromofor tizimida ma’lum o‘zgarishlar yuz berganligini ko‘rsatdi. IQ-spektroskopik tahlil funksional guruhlarga xos tebranish chastotalarining siljishini namoyon etdi. GKMAT hamda iminohosilalar o‘rtasida vodorod bog‘lari, ion-dipol hamda boshqa nokovalent o‘zaro ta’sirlashuvlar shakllanganligini tasdiqladi. Olingan natijalar komplekslarning supramolekulyar tabiatini hamda ularning nokovalent bog‘lanishlar hisobiga barqarorlashganligini tasdiqladi.

Kalit so'zlar: 2-gidroksi-1-naftaldegid, iminohosilalar, GKMAT, komplekslar, UB-spektroskopiya, IQ-spektroskopiya.

Русский

СУПРАМОЛЕКУЛЯРНЫЕ КОМПЛЕКСЫ ИМИНОПРОИЗВОДНЫХ 2-ГИДРОКСИ-1-НАФТАЛЬДЕГИДА С МОНОАММОНИЙНОЙ СОЛЬЮ ГЛИЦИРРИЗИНОВОЙ КИСЛОТЫ

Аннотация. Целью настоящего исследования являлось получение новых супрамолекулярных комплексов некоторых иминопроизводных 2-гидрокси-1-нафтальдегида с моноаммониевой солью глицирризиновой кислоты (МАСГК), а также изучение их физико-химических свойств и структурных особенностей. С этой целью были получены новые супрамолекулярные комплексы иминопроизводных 2-гидрокси-1-нафтальдегида с изониазидом, 4-аминоантипирином, п-аминобензойной кислотой, 4-амино-4H-1,2,4-триазолом, 6-амино-3-пиколином, тиосемикарбазидом и сульфацилом натрия с ГКМАТ в молярном соотношении 1:8. Определены некоторые физико-химические характеристики полученных комплексов, а их структурные особенности исследованы методами УФ- и ИК-спектроскопии. В УФ-спектрах основные максимумы поглощения наблюдались в диапазоне 260-370 нм. Сравнительный анализ со спектрами исходных соединений выявил гипсохромные и батохромные сдвиги, что свидетельствует об определённых изменениях электронного строения молекул и хромофорной системы в процессе комплексообразования. ИК-спектроскопический анализ выявил смещение характеристических полос поглощения, соответствующих колебаниям функциональных групп. Полученные спектральные данные подтверждают формирование между МАСГК и иминопроизводными водородных связей, ион-дипольных и других нековалентных взаимодействий. Совокупность полученных результатов подтверждает супрамолекулярную природу образовавшихся комплексов и их стабилизацию за счёт совокупного действия нековалентных взаимодействий.

Ключевые слова: 2-гидрокси-1-нафтальдегид, иминопроизводные, МАСГК, супрамолекулярные комплексы, УФ-спектроскопия, ИК-спектроскопия.

English

SUPRAMOLECULAR COMPLEXES OF 2-HYDROXY-1-NAPHTHALDEHYDE IMINODERIVATIVES WITH THE MONOAMMONIUM SALT OF GLYCYRRHIZIC ACID

Abstract. The aim of this study was to prepare novel supramolecular complexes of selected imine derivatives of 2-hydroxy-1-naphthaldehyde with the monoammonium salt of glycyrrhizic acid (MASGA) and to investigate their physicochemical properties and structural features. For this purpose, new supramolecular complexes of the imine derivatives of 2-hydroxy-1-naphthaldehyde with isoniazid, 4-aminoantipyrine, p-aminobenzoic acid, 4-amino-4H-1,2,4-triazole, 6-amino-3-picoline, thiosemicarbazide, and sodium sulfacyl with MASGA were obtained at a molar ratio of 1:8. Selected physicochemical properties of the resulting complexes were determined, and their structural features were investigated by UV-Vis and infrared (IR) spectroscopy. The UV-Vis spectra exhibited major absorption maxima in the range of 260-370 nm. Comparative analysis with the spectra of the corresponding starting compounds revealed hypsochromic and bathochromic shifts, indicating changes in the electronic structure of the molecules and their chromophoric systems upon complex formation. IR spectroscopic analysis demonstrated shifts in the characteristic vibrational bands associated with functional groups. These spectral changes provide evidence for the formation of hydrogen bonds, ion-dipole interactions, and other non-covalent interactions between MASGA and the imine derivatives. Collectively, the obtained results confirm the supramolecular nature of the resulting complexes and indicate that their stabilization is governed by a combination of non-covalent interactions.

Keywords: 2-hydroxy-1-naphthaldehyde, imine derivatives, MASGA, supramolecular complexes, UV-Vis spectroscopy, IR spectroscopy.

Fayllar

2-gidroksi-1-naftaldegid-iminohosilalarining-gkmat-bilan-sup.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 02.00.00-Kimyo fanlari
Jurnal 2026-10-son (oktabr)
Chop etilgan 06 Oct 2026
Tashkilot OʻzR FA akademik O.S. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
ID 58096-1791278572
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.
Ilmiy ID-lar
Scopus: 58070213300