Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 28 Feb 2026 | Maqola Ochiq kirish

MASTER ADAPTIVE LEARNER TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH: PEDAGOGIK TAJRIBA NATIJALARI

G‘aniyev Muhammadamin Avazbek o‘g‘li, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Farg‘ona, O‘zbekiston
O'zbekcha

MASTER ADAPTIVE LEARNER TEXNOLOGIYASI ASOSIDA BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH: PEDAGOGIK TAJRIBA NATIJALARI

Annotatsiya. Annotatsiya. Maqolada bo‘lajak shifokorlarning deontologik kompetentligini Master Adaptive Learner (MAL) yondashuvi asosida rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyaning samaradorligi tahlil qilindi. Tajriba-sinov Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Davolash ishi” yo‘nalishida tahsil olayotgan 340 nafar talaba ishtirokida o‘tkazildi. Tajriba guruhiga 173, nazorat guruhiga 167 nafar talaba kiritildi. Tajriba guruhida MAL sikli Planning, Learning, Assessing va Adjusting bosqichlari refleksiv topshiriqlar, PBL, TBL, klinik keyslar, simulyatsion mashg‘ulotlar, Ethical Debate va OSCE elementlari bilan integratsiya qilindi. Deontologik kompetentlik motivatsion-qadriyatli, kognitiv, kommunikativ, refleksiv va adaptiv-faoliyat mezonlari bo‘yicha baholandi. Boshlang‘ich bosqichda guruhlar taqsimoti o‘rtasida statistik farq aniqlanmadi (χ²=0,365; p=0,833). Yakuniy bosqichda tajriba guruhida yuqori daraja 21,0 foizdan 32,9 foizga ko‘tarildi, past daraja 39,9 foizdan 26,0 foizga kamaydi. Nazorat guruhida deyarli barqaror taqsimot saqlandi. Yakuniy guruhlararo farq statistik jihatdan ahamiyatli bo‘ldi (χ²=12,096; p=0,002). Uch ballik integral bahoda tajriba guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichi nazorat guruhidan 16,4 foiz yuqori bo‘ldi.

Kalit so'zlar: Kalit so‘zlar: Master Adaptive Learner, deontologik kompetentlik, tibbiy ta’lim, kasbiy etika, refleksiya, adaptiv ta’lim, simulyatsion o‘qitish, pedagogik tajriba.

Fayllar

master-adaptive-learner-texnologiyasi-asosida-bolajak-shifo.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 13.00.00-Pedagogika fanlari
Jurnal 2026-2-son (fevral)
Chop etilgan 28 Feb 2026
Tashkilot Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
ID 65598-1791391521
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.