Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 31 Aug 2026 | Maqola Ochiq kirish

YUQORI CHIRCHIQ DARYOSI SHAROITIDA QAFASLARDA YETISHTIRILAYOTGAN TRIPLOID KAMALAK GULBALIQLARINING (Oncorhynchus mykiss) BIOMETRIK KOʻRSATKICHLARI VA OZIQLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Ismatulloyeva Aziza Toʻlqin qizi, Navoi Davlat Universiteti Doktoranti
O'zbekcha

YUQORI CHIRCHIQ DARYOSI SHAROITIDA QAFASLARDA YETISHTIRILAYOTGAN TRIPLOID KAMALAK GULBALIQLARINING (Oncorhynchus mykiss) BIOMETRIK KOʻRSATKICHLARI VA OZIQLANTIRISH XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori Chirchiq daryosi sharoitida qafas usulida yetishtirilayotgan triploid kamalak gulbaliqlarining (Oncorhynchus mykiss) biometrik koʻrsatkichlari va oziqlantirish xususiyatlari oʻrganildi. Tadqiqot davomida 80 ta baliqning tana uzunligi va vazni individual ravishda oʻlchanib, ularning oʻlcham koʻrsatkichlari tahlil qilindi. Baliqlarni oziqlantirishda tana kattaligiga mos granulali yemlardan foydalanildi; kichik baliqlar uchun mayda, yirik baliqlar uchun esa kattaroq granulalar tanlandi. Oʻlchangan baliqlarning umumiy tana uzunligi 15,5–45,5 sm, tana vazni 39–1420 g oraligʻida boʻldi. Oʻrtacha tana uzunligi 30,88±9,63 sm, oʻrtacha tana vazni 508,54±399,24 g ni tashkil etdi. Baliqlarning uzunligi ortishi bilan tana vaznining ham muntazam ortib borishi kuzatildi. Oʻlcham guruhlarini alohida koʻrib chiqish kichik baliqlardan yirik tovar baliqlargacha boʻlgan oʻsish qatorini aniq koʻrsatdi. Olingan natijalar qafas sharoitida baliqlarni biometrik kuzatib borish, oʻlchamiga mos yem granulasi tanlash va oziqlantirish jarayonini samarali tashkil etish uchun amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot maʼlumotlari yuqori Chirchiq daryosi sharoitida sovuq suv baliqchiligini rivojlantirish boʻyicha keyingi tajribalar uchun boshlangʻich baza boʻlib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: kamalak gulbaliq, Oncorhynchus mykiss, triploid baliq, qafas xoʻjaligi, biometrik oʻlchov, tana vazni, tana uzunligi, granulali yem, oziqlantirish, Chirchiq daryosi.

Русский

БИОМЕТРИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ И ХАРАКТЕРИСТИКИ КОРМЛЕНИЯ ТРИПЛОДНОЙ РАДУЖНОЙ РЫБЫ (Oncorhynchus mykiss), ВЫРАЩИВАЕМОЙ В СКАДАХ В ВЕРХНЕМ РЕКЕ ЧИРЧИК

Аннотация. В статье приведены результаты изучения биометрических показателей и особенностей кормления триплоидной радужной форели (Oncorhynchus mykiss), выращиваемой в садках в условиях верхнего течения реки Чирчик. В исследовании измерены 80 рыб. Определяли длину и массу каждой особи и сравнивали полученные показатели между размерными группами. Для кормления использовали гранулированный корм с размером гранул, соответствующим величине рыбы. Общая длина исследованных рыб составила 15,5–45,5 см, масса — 39–1420 г. Средняя длина равнялась 30,88±9,63 см, средняя масса — 508,54±399,24 г. По мере увеличения размеров рыб наблюдалось последовательное увеличение их массы. Полученные материалы могут быть использованы при организации биометрического мониторинга, подборе размера гранул и совершенствовании кормления радужной форели в садковых хозяйстваx.

Ключевые слова: радужная форель, Oncorhynchus mykiss, триплоидная рыба, садковое рыбоводство, биометрические измерения, масса тела, длина тела, гранулированный корм, кормление, река Чирчик.

English

BIOMETRIC INDICATORS AND FEEDING CHARACTERISTICS OF TRIPLOID RAINBOW TROUT (*ONCORHYNCHUS MYKISS*) RAISED IN CAGES IN THE UPPER CHIRCHIK RIVER

Abstract. The paper presents the biometric characteristics and feeding features of triploid rainbow trout (Oncorhynchus mykiss) reared in cages under the conditions of the upper Chirchiq River. Eighty fish were individually measured for body length and weight. Fish were fed with granulated feed selected according to fish size, with smaller pellets used for smaller fish and larger pellets for larger individuals. Total length ranged from 15.5 to 45.5 cm and body weight from 39 to 1420 g. Mean total length was 30.88±9.63 cm and mean body weight was 508.54±399.24 g. A clear increase in body weight with increasing fish size was observed across the measured groups. The results can be used for biometric monitoring, feed-pellet selection and improvement of feeding practices in rainbow trout cage farming under local conditions.

Keywords: rainbow trout, Oncorhynchus mykiss, triploid fish, cage aquaculture, biometric measurements, body weight, body length, pelleted feed, feeding, Chirchiq River.

Fayllar

yuqori-chirchiq-daryosi-sharoitida-qafaslarda-yetishtirilayo.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 03.00.00-Biologiya fanlari
Jurnal 2026-8-son (avgust)
Chop etilgan 31 Aug 2026
Tashkilot Navoi Davlat Universiteti
ID 85506-1794044072
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.
Ilmiy ID-lar