Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 31 Aug 2026 | Maqola Ochiq kirish

MARKAZIY OʻZBEKISTONDA SEMENOVIANA PLOTNIKOVI (UVAROV, 1914)NING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI

Turayeva Zuxra Rajaboevna, Fargʻona davlat universiteti DSc doktoranti, biologiya fanlari boʻyicha PhD, dotsent
O'zbekcha

MARKAZIY OʻZBEKISTONDA SEMENOVIANA PLOTNIKOVI (UVAROV, 1914)NING TARQALISHI VA EKOLOGIYASI

Annotatsiya. Semenoviana plotnikovi (Uvarov, 1914) Markaziy Osiyo faunasiga xos Tettigoniidae vakili boʻlib, Markaziy Oʻzbekistondagi tarqalishi va biotop aloqalari maxsus tur darajasida yetarlicha umumlashtirilmagan. Tadqiqotning maqsadi muallifning Markaziy Oʻzbekistonda olib borgan dala izlanishlarini Buxoro–Qorovulbozor, Navoiy–Qiziltepa, Samarqand–Urgut hamda Jizzax–Zomin va Nurota hududlaridagi qaydlar asosida tizimlashtirish, turning hududiy uchrashi hamda ekologik diapazonini baholashdan iborat. Barcha asosiy hisoblarda 50 × 2 m transekt, 60 daqiqalik faol kuzatuv va 100 sweep-net zarbasidan iborat standart protokol qoʻllangan. Markaziy Oʻzbekistonning beshta nuqtasida jami 76 individ qayd etilgan: Nurotada 24, Urgutda 22, Zominda 20, Qorovulbozor va Qiziltepada 5 tadan. Ulardan 45 tasi urgʻochi va 31 tasi erkak. Fargʻona vodiysi va Namangan boʻyicha jami 45 individga oid maʼlumotlar hamda Arslonbobdagi bitta fotoqayd asosiy tanlanmaga qoʻshilmay, hududiy taqqoslash uchun ishlatildi. Bir xil protokol asosiy nuqtalardagi qayd sonlarini tavsifiy qiyoslash imkonini berdi, biroq har bir nuqta bir sana bilan ifodalanganligi sababli farqlar populyatsiya zichligining barqaror statistik koʻrsatkichi sifatida talqin qilinmadi. Natijalar turning Markaziy Oʻzbekistonda arid tekislik, voha, togʻoldi va togʻbiotoplarini qamrab olishini koʻrsatdi.

Kalit so'zlar: Semenoviana plotnikovi; Tettigoniidae; Orthoptera; Markaziy Oʻzbekiston; tarqalish; biotop; togʻoldi hududlari; faunistika.

Русский

РАСПРОСТРАНЕНИЕ И ЭКОЛОГИЯ SEMENOVIANA PLOTNIKOVI (UVAROV, 1914) В ЦЕНТРАЛЬНОМ УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Semenoviana plotnikovi (Uvarov, 1914) — представитель семейства Tettigoniidae, характерный для фауны Центральной Азии; его распространение и биотопические связи в Центральном Узбекистане ранее не были обобщены на видовом уровне. Цель исследования — систематизировать авторские полевые данные из Караулбазара (Бухарская область), Кызылтепы (Навоийская область), Ургута (Самаркандская область), Заамина и Нуратинского государственного заповедника (Джизакская область), а также оценить региональную встречаемость и экологический диапазон вида. На основных учетных пунктах применяли стандартный протокол: трансекта 50 × 2 м, 60 минут активного наблюдения и 100 взмахов энтомологическим сачком. В пяти пунктах Центрального Узбекистана зарегистрировано 76 особей: в Нурате — 24, Ургуте — 22, Заамине — 20, Караулбазаре и Кызылтепе — по 5. Среди них отмечено 45 самок и 31 самец. Данные о 45 особях из Ферганской долины и Наманганской области, а также одна фоторегистрация из Арсланбоба использованы только для регионального сравнения. Результаты показывают, что вид встречается в аридно-равнинных, оазисных, предгорных и горных биотопах, однако единичные учеты не позволяют трактовать различия как устойчивые показатели плотности популяции.

Ключевые слова: Semenoviana plotnikovi; Tettigoniidae; Orthoptera; Центральный Узбекистан; распространение; биотоп; предгорные территории; фаунистика.

English

DISTRIBUTION AND ECOLOGY OF SEMENOVIANA PLOTNIKOVI (UVAROV, 1914) IN CENTRAL UZBEKISTAN

Abstract. Semenoviana plotnikovi (Uvarov, 1914) is a member of Tettigoniidae characteristic of the Central Asian fauna, but its distribution and biotope associations in Central Uzbekistan have not previously been synthesized at the species level. This study aimed to systematize the authorʼs field records from Qorovulbozor (Bukhara Region), Qiziltepa (Navoiy Region), Urgut (Samarkand Region), and Zomin and the Nurota State Nature Reserve (Jizzakh Region), and to assess the speciesʼregional occurrence and ecological range. A standardized protocol consisting of a 50 × 2 m transect, 60 minutes of active observation, and 100 sweep-net strokes was applied at the principal survey sites. In total, 76 individuals were recorded at five sites in Central Uzbekistan: 24 in --- 459 --- Nurota, 22 in Urgut, 20 in Zomin, and five each in Qorovulbozor and Qiziltepa. The sample comprised 45 females and 31 males. Records of 45 individuals from the Fergana Valley and Namangan Region, together with one photographic record from Arslanbob, were used only for regional comparison. The findings indicate occurrence across arid plains, oases, foothills, and mountain biotopes; however, single-visit counts should not be interpreted as stable estimates of population density.

Keywords: Semenoviana plotnikovi; Tettigoniidae; Orthoptera; Central Uzbekistan; distribution; biotope; foothills; faunistics.

Fayllar

markaziy-ozbekistonda-semenoviana-plotnikovi-uvarov-1914.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 03.00.00-Biologiya fanlari
Jurnal 2026-8-son (avgust)
Chop etilgan 31 Aug 2026
Tashkilot Fargʻona davlat universiteti
ID 12481-1794044085
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.