Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Mazkur tadqiqotning maqsadi Inula salicina L. oʻsimligining yer ustki qismlaridan olingan, fitokimyoviy jihatdan standartlashtirilgan skutellarin saqlovchi fraksiyaning (Skutellarin) in vitro sharoitida kalamushlar qon plazmasining koagulyatsion gemostazining asosiy koʻrsatkichlariga taʼsirini baholashdan iborat. Tadqiqotda skutellarin miqdori boʻyicha standartlashtirilgan Skutellarin hamda kalamushlarning qon plazmasi va trombotsit preparatlaridan foydalanildi. Trombin vaqti (TV), plazmani rekalsifikatsiya qilish vaqti, faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqti (QFTV) hamda protrombin vaqti (PV) baholandi. Skutellarin oʻrganilgan testlarning barchasida, jumladan TV, plazmani rekalsifikatsiya qilish vaqti, QFTV va PV boʻyicha ivish vaqtining dozaga bogʻliq ravishda uzayishiga olib keldi. Mazkur natijalar birikmaning in vitro sharoitida yaqqol gipokoagulyant taʼsirga ega ekanligini koʻrsatadi. Olingan maʼlumotlar Skutellarinning gemostazning plazmatik va hujayraviy boʻgʻinlariga kompleks taʼsir koʻrsatishi mumkinligini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: gemostaz, koagulyatsiya, trombin, QFTV, protrombin vaqti, trombotsitlar, skutellarin, Skutellarin, Inula salicina.
Аннотация. Цель исследования данного работа оценить влияние фитохимически стандартизированной скутелларин-содержащей фракции (Skutellarin), полученной из надземных частей Inula salicina L., на основные параметры коагуляционного гемостаза плазма крови крыс в условиях in vitro. В исследовании использовали Skutellarin, стандартизированную по содержанию скутелларина, а также плазму препараты крыс. Оценивали тромбиновое время (ТВ), время рекальцификации плазмы, активированное частичное тромбопластиновое время (АЧТВ), протромбиновое время (ПВ). Skutellarin вызывала дозозависимое увеличение времени свертывания в исследованных тестах, включая ТВ, время рекальцификации, АЧТВ и ПВ, что указывает на выраженный гипокоагулянтный эффект in vitro. Полученные данные подтверждают наличие комплексного влияния Skutellarin на плазменные и клеточные звенья гемостаза.
Ключевые слова: гемостаз, коагуляция, тромбин, АЧТВ, протромбиновое время, тромбоциты, скутелларин,
Abstract. The aim of this study was to evaluate the effect of a phytochemically standardized scutellarin-containing fraction (Scutellarin), obtained from the aerial parts of Inula salicina L., on the main parameters of coagulation hemostasis in rat blood plasma --- 467 --- in vitro. The study used Scutellarin standardized for scutellarin content, as well as rat blood plasma and platelet preparations. Thrombin time (TT), plasma recalcification time, activated partial thromboplastin time (APTT), and prothrombin time (PT) were assessed. Scutellarin caused a dose-dependent prolongation of clotting time in all tests examined, including TT, plasma recalcification time, APTT, and PT, indicating a pronounced hypocoagulant effect in vitro. The obtained findings suggest that Scutellarin may exert a complex effect on both the plasma and cellular components of the hemostatic system.
Keywords: hemostasis, coagulation, thrombin, APTT, prothrombin time, platelets, scutellarin, Scutellarin, Inula salicina.