Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Maqolada oʻzbek xalq maqollari tarkibida saqlanib qolgan eskirgan soʻzlar — arxaizm va istorizmlarning lingvopoetik imkoniyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi maqol matnida faol qoʻllanishdan chiqqan leksemaning obraz yaratish, ekspressivlik hosil qilish va tarixiy kolorit berish funksiyalarini aniqlash hamda bu funksiyalarning semantik mexanizmini ochib berishdan iborat. Manba sifatida Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovning “Maʼnolar mahzani” izohli lugʻati hamda T.Mirzayev va B.Sarimsoqov masʼul muharrirligida chop etilgan “Oʻzbek xalq maqollari”ning ikkinchi tomi tanlandi. Ulardan tarkibida izohtalab eskirgan leksema qatnashgan 52 ta maqol saralab olinib, tavsifiy, komponent, kontekstual-semantik va lingvopoetik tahlil usullari asosida oʻrganildi. Tahlil natijasida eskirgan leksika yettita tematik-semantik guruhga ajratildi hamda maqol matnidagi eskirgan soʻzning uch xil lingvopoetik vazifasi asoslandi: denotati yoʻqolgan soʻzning metaforik asosga aylanishi, notanish shaklning diqqatni oʻziga tortishi hisobiga yuzaga keluvchi ekspressivlik va leksemaning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy davrni belgilovchi xronologik indeksga aylanishi. Shuningdek, maqol semantikasining tiniqlik darajasiga koʻra uch bosqichli shkala taklif etildi. Maqolning ritmik-qofiyaviy qolipi eskirgan leksemani asrlar davomida saqlab turuvchi lingvistik omil ekanligi koʻrsatildi.
Kalit so'zlar: lingvopoetika, arxaizm, istorizm, maqol, paremiologiya, obrazlilik, ekspressivlik, tarixiy kolorit.
Аннотация. В статье исследуются лингвопоэтические возможности устаревших слов — архаизмов и историзмов, сохранившихся в составе узбекских народных пословиц. Цель исследования — выявить функции вышедшей из активного употребления лексемы в тексте пословицы (создание образа, формирование экспрессивности и передача исторического колорита) и раскрыть семантический механизм этих функций. Источниками послужили толковый словарь “Маънолар махзани” Ш.Шомаксудова и Ш.Шорахмедова, а также второй том свода “Ўзбек халқ мақоллари” под редакцией Т.Мирзаева и Б.Саримсокова. Отобраны 52 пословицы, содержащие устаревшие лексемы, снабжённые толкованием в источнике; они изучены с помощью описательного, компонентного, контекстно-семантического и лингвопоэтического анализа. Устаревшая лексика распределена по семи тематико-семантическим группам; обоснованы три лингвопоэтические функции устаревшего слова и предложена трёхступенчатая шкала семантической прозрачности пословицы. Показано, что ритмико-рифмическая структура пословицы выступает языковым механизмом сохранения архаичной лексемы.
Ключевые слова: лингвопоэтика, архаизм, историзм, пословица, паремиология, образность, экспрессивность, исторический колорит.
Abstract. The article examines the linguopoetic potential of obsolete words — archaisms and historicisms — preserved within Uzbek folk proverbs. The aim of the study is to identify the functions performed by a lexeme that has left active usage but survives in a proverb text (image formation, generation of expressiveness, and the conveyance of historical colouring), and to reveal the semantic mechanism behind these functions. The material was drawn from the explanatory dictionary “Maʼnolar mahzani” by Sh.Shomaqsudov and Sh.Shorahmedov and from the second volume of “Oʻzbek xalq maqollari” edited by T.Mirzayev and B.Sarimsoqov. Fifty-two proverbs containing obsolete lexemes supplied with a lexicographic gloss were selected and analysed by descriptive, componential, contextual-semantic and linguopoetic methods. The obsolete lexis was distributed into seven thematic-semantic groups; three linguopoetic functions of the obsolete word were substantiated, and a three-level scale of the semantic transparency of proverbs was proposed. It is shown that the rhythmic and rhyming pattern of the proverb acts as the linguistic mechanism preserving the archaic lexeme.
Keywords: linguopoetics, archaism, historicism, proverb, paremiology, imagery, expressiveness, historical colouring.