Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalari pedagoglarining axborot xavfsizligi koʻnikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Taʼlim tizimining raqamlashtirilishi natijasida pedagoglarning elektron taʼlim platformalari, axborot tizimlari, bulutli xizmatlar va turli raqamli resurslardan foydalanish koʻlami kengayib bormoqda. Bu esa pedagoglardan nafaqat raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni, balki axborot xavfsizligi talablariga rioya etishni ham talab qiladi. Maqolada pedagoglarning raqamli kompetensiyasi tarkibida axborot xavfsizligining oʻrni, mazkur yoʻnalishda uchrayotgan muammolar hamda axborot xavfsizligi koʻnikmalarini rivojlantirishning asosiy yoʻllari tahlil qilingan. Pedagoglarning malakasini oshirish jarayonida nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar, muammoli vaziyatlar, keyslar va kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan topshiriqlar bilan uygʻunlashtirish zarurligi asoslangan.
Kalit so'zlar: axborot xavfsizligi, pedagog kadrlar, raqamli kompetensiya, raqamli taʼlim, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi koʻnikmalari, malaka oshirish.
Аннотация. В статье рассматриваются актуальные вопросы формирования навыков информационной безопасности у преподавателей высших образовательных учреждений. Цифровизация системы образования расширяет использование электронных образовательных платформ, информационных систем, облачных сервисов и различных цифровых ресурсов. В этих условиях преподавателям необходимо не только эффективно использовать цифровые технологии, но и соблюдать требования информационной безопасности. Рассматривается место информационной безопасности в структуре цифровой компетентности преподавателей, анализируются существующие проблемы и основные направления развития соответствующих навыков.
Ключевые слова: информационная безопасность, педагогические кадры, цифровая компетентность, цифровое образование, кибербезопасность, навыки информационной безопасности, повышение квалификации.
Abstract. This article examines current issues related to developing information security skills among higher education teachers. The digitalization of education has expanded the use of electronic learning platforms, information systems, cloud services, and various digital resources. Under these conditions, teachers need not only to use digital technologies effectively but also to comply with information security requirements. The article discusses the role of information security within teachersʼdigital competence, identifies major challenges, and examines key directions for developing relevant skills.
Keywords: information security, teaching staff, digital competence, digital education, cybersecurity, information security skills, professional development.