Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 31 Aug 2026 | Maqola Ochiq kirish

FOREL BALIGʻI UCHUN MAHALLIY IMPORT OʻRNINI BOSUVCHI KOMBIKORMLAR YARATISHNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI

E.F. Ikromov
A.Nazarov
Sh.N.Ataxonov
U.Moʻminov, Namangan davlat universiteti
O'zbekcha

FOREL BALIGʻI UCHUN MAHALLIY IMPORT OʻRNINI BOSUVCHI KOMBIKORMLAR YARATISHNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI

Annotatsiya. Zamonaviy akvakulturada baliq mahsuloti tannarxi va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan asosiy omillardan biri yuqori sifatli kombikormlar bilan taʼminlanganlik hisoblanadi. Kamalakrang forel-Oncorhynchus mykiss (Walbaum, 1792) yuqori hazmlanuvchan protein, muhim aminokislotalar va energiyaga talabchanligi sababli uni intensiv usulda yetishtirishda maxsus kombikormlardan foydalanish talab etiladi. Mazkur tahliliy maqolada forel baligʻi uchun import oʻrnini bosuvchi mahalliy kombikormalar ishlab chiqarishning resurs, biologik va texnologik imkoniyatlari tahlil qilindi. Ushbu tadqiqotda kunjara, shrot, kepak, dukkakli va don mahsulotlari, shuningdek, veterinariya-sanitariya talablariga javob beradigan baliqchilik, parrandachilik va boshqa oziq-ovqat sanoati ikkilamchi mahsulotlaridan protein manbai sifatida foydalanish istiqbollari koʻrib chiqildi. Oʻsimlik xomashyolaridan foydalanishni cheklovchi fitatlar, tanninlar, proteaza ingibitorlari, kletchatka hamda muhim aminokislotalar disbalansi kabi omillarga alohida eʼtibor berildi. Ularning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun fermentativ gidroliz, mikrobiologik fermentatsiya, termik ishlov va ekstruziyadan iborat kompleks biotexnologik yondashuv taklif etildi. Xorijiy tadqiqotlar tahlili forel rasionlarida baliq unining muayyan qismini soya, kungaboqar, raps, noʻxat, paxta protein konsentratlari, parrandachilik, chorvachilik ikkilamchi mahsulotlari, pivo sanoati qoldiqlari, mikrosuvoʻtlari va boshqa alternativ proteinlar bilan muvaffaqiyatli almashtirish mumkinligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston sharoiti uchun «mahalliy ikkilamchi xomashyo → sanitariya va ozuqaviy skrining → biokonversiya → komplementar protein kompleksi → muvozanatlashtirilgan reseptura → ekstruziya → biologik va iqtisodiy baholash» texnologik modeli taklif qilinadi.

Kalit so'zlar: forel, Oncorhynchus mykiss, kombikorm, import oʻrnini bosish, baliq uni, oʻsimlik proteini, hayvonot proteini, ikkilamchi xomashyo, biokonversiya, fermentatsiya, ekstruziya.

English

TECHNOLOGICAL OPPORTUNITIES FOR DEVELOPING LOCAL IMPORT-SUBSTITUTING COMPOUND FEEDS FOR TROUT

Abstract. This review analyses the resource, biological and technological potential for producing local import-substituting feeds for rainbow trout, Oncorhynchus mykiss, under the conditions of Uzbekistan. Particular attention is given to plant- and animal-derived agro-industrial by-products as potential sources of protein and energy. Major limitations associated with plant protein ingredients, including amino acid imbalance, dietary fibre, phytate, tannins and protease inhibitors, are discussed. Current evidence indicates that enzymatic hydrolysis, microbial fermentation, thermal processing and extrusion can substantially improve the nutritional value and digestibility of alternative feed ingredients. International studies demonstrate that fishmeal in rainbow trout diets can be partly and, under specific nutritional conditions, extensively replaced by soybean, rapeseed, sunflower, pea and cottonseed protein products, processed poultry by-products, brewery co-products, microalgal biomass and other alternative proteins. A technological model for Uzbekistan is proposed based on the sequence: local secondary raw materials → nutritional and sanitary screening → bioconversion → complementary protein complex → balanced formulation → extrusion → biological and economic evaluation. This approach may provide a scientific basis for reducing dependence on imported aquafeeds and developing a sustainable local feed industry for trout farming.

Keywords: rainbow trout, Oncorhynchus mykiss, aquafeed, fishmeal replacement, agro-industrial by-products, plant protein, animal protein, bioconversion, fermentation, extrusion.

Fayllar

forel-baligi-uchun-mahalliy-import-ornini-bosuvchi-kombiko.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 03.00.00-Biologiya fanlari
Jurnal 2026-8-son (avgust)
Chop etilgan 31 Aug 2026
Tashkilot Namangan davlat universiteti
ID 72222-1794045682
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.