Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Maqolada lakunalar nazariyasining kelib chiqish manbalari va shakllanish bosqichlari tarixiy-qiyosiy hamda davriylashtirish usullari asosida tadqiq etilgan. XX asrning 50-yillaridan bugungi kungacha boʻlgan davrni qamrab oluvchi ilmiy adabiyot korpusi tahlili asosida nazariya taraqqiyotining olti bosqichi ajratildi: lingvistik zamin bosqichi (1950-yillar), tarjimashunoslik-kontrastiv bosqich (1960-1970-yillar), etnopsixolingvistik bosqich (1977-1989), Yevropa lakunologiya maktabi bosqichi (1990-2006), sistem-leksikologik va kognitiv bosqich (1998-2010) hamda zamonaviy interdisiplinar bosqich (2010-yillardan). Har bir bosqich tadqiqot obyektining kengayishi, metatil apparatining boyishi va metodologik yangilanish mezonlari asosida tavsiflangan. Shuningdek, nazariyaga xos terminologik xilma-xillik (nomutanosib leksika, realiya, etnoeydema, «oq dogʻlar», gap, blank spot) tizimlashtirilgan, lakunalarni bartaraf etishning toʻldirish va kompensatsiya usullari qiyosiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot natijalari lakunalar nazariyasining bir tarmoqli emas, balki uch mustaqil anʼana — struktur tilshunoslik, tarjimashunoslik va etnopsixolingvistika — kesishuvida shakllanganini koʻrsatdi. Xulosada oʻzbek tilshunosligida lakunologik tadqiqotlarni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari belgilangan.
Kalit so'zlar: lakuna, lakunarlik, lakunologiya, etnopsixolingvistika, nomutanosib leksika, realiya, lingvokulturologiya, lakunalarni bartaraf etish, toʻldirish, kompensatsiya, madaniyatlararo muloqot, davriylashtirish.
Аннотация. В статье на основе историко-сравнительного метода и метода периодизации исследуются источники возникновения и этапы становления теории лакун. На материале корпуса научной литературы, охватывающего период с 50-х годов XX века до настоящего времени, выделены шесть этапов развития теории: лингвистический (1950-е гг.), переводоведческо-контрастивный (1960-1970-е гг.), этнопсихолингвистический (1977-1989), этап европейской школы лакунологии (1990-2006), системно-лексикологический и когнитивный (1998-2010), современный междисциплинарный (с 2010-х гг.). Каждый этап охарактеризован по критериям расширения объекта исследования, обогащения метаязыка и методологического обновления. Систематизирована терминологическая вариативность и сопоставлены способы элиминирования лакун — заполнение и компенсация. В заключении определены перспективные направления лакунологических исследований в узбекском языкознании.
Ключевые слова: лакуна, лакунарность, лакунология, этнопсихолингвистика, безэквивалентная лексика, реалия, лингвокультурология, элиминирование лакун, заполнение, компенсация, межкультурная коммуникация, периодизация.
Abstract. The article examines the origins and the stages in the development of lacuna theory using historical-comparative analysis and the method of periodisation. Drawing on a corpus of scholarly literature covering the period from the 1950s to the present, the study distinguishes six stages in the evolution of the theory: the linguistic-foundation stage (1950s), the translation-studies and contrastive stage (1960s-1970s), the ethnopsycholinguistic stage (1977-1989), the stage of the European school of lacunology (1990- 2006), the systemic-lexicological and cognitive stage (1998-2010), and the contemporary interdisciplinary stage (from the 2010s). Each stage is characterised according to three criteria: the expansion of the research object, the enrichment of the metalanguage, and methodological renewal. The paper systematises the terminological variation surrounding the notion of lacuna (non-equivalent vocabulary, realia, ethno-eidema, “blank spots”, gap) and compares the two principal techniques of eliminating lacunae — filling and compensation. The findings demonstrate that lacuna theory emerged not from a single source but at the intersection of three independent traditions: structural linguistics, translation studies, and ethnopsycholinguistics. The conclusion outlines promising directions for lacunological research in Uzbek linguistics. --- 863 ---
Keywords: lacuna, lacunarity, lacunology, ethnopsycholinguistics, non-equivalent vocabulary, realia, cultural linguistics, elimination of lacunae, filling, compensation, intercultural communication, periodisation.