Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktab oʻquvchilarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda gimnastika mashgʻulotlarining pedagogik, jismoniy va tarbiyaviy imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy eʼtibori gimnastika mashqlarining oʻquvchilarning jismoniy sifatlari, harakat faolligi, qad-qomati, muvozanat, chaqqonlik, egiluvchanlik, kuch va chidamlilik koʻrsatkichlariga taʼsiri bilan bir qatorda, muntazam jismoniy faoliyatga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish masalasiga qaratilgan. Oʻzbekistonlik olimlar T.S.Usmonxoʻjayev, I.I.Morgunova, A.Abdullayev, Sh.Xonkeldiyev, K.Mahkamjonov, S.Uraimov va boshqa tadqiqotchilarning jismoniy tarbiya hamda sogʻlomlashtirishga oid ilmiy-metodik qarashlari tahlil qilindi. Muallif tomonidan ushbu yondashuvlar umumlashtirilib, gimnastika mashgʻulotlarini faqat jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida emas, balki oʻquvchida kundalik sogʻlom hayot odatlarini shakllantiruvchi pedagogik vosita sifatida qarash taklif etiladi. Tadqiqot natijasida maktab sharoitida gimnastika mashgʻulotlarini sogʻlom turmush tarzi komponentlari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etishning metodik jihatlari asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: gimnastika, maktab oʻquvchisi, sogʻlom turmush tarzi, jismoniy tarbiya, jismoniy faollik, jismoniy sifatlar, qad-qomat, harakat faolligi, sogʻlomlashtirish, pedagogik jarayon
Аннотация. В статье научно-теоретически анализируются педагогические, физические и воспитательные возможности гимнастических занятий в формировании здорового образа жизни школьников. Основное внимание уделено влиянию гимнастических упражнений на развитие физических качеств, двигательной активности, осанки, равновесия, ловкости, гибкости, силы и выносливости учащихся, а также формированию устойчивой потребности в регулярной физической активности. Рассмотрены научно-методические взгляды узбекских ученых в области физического воспитания и оздоровления. Автором обобщены существующие подходы и предложено рассматривать гимнастику не только как средство развития физических качеств, но и как педагогический инструмент формирования повседневных навыков здорового образа жизни.
Ключевые слова: гимнастика, школьники, здоровый образ жизни, физическое воспитание, физическая активность, физические качества, осанка, двигательная активность, оздоровление.
Abstract. The article presents a scientific and theoretical analysis of the pedagogical, physical and educational potential of gymnastics training in developing a healthy lifestyle among school students. Particular attention is paid to the influence of gymnastics exercises on physical qualities, motor activity, posture, balance, agility, flexibility, strength and endurance, as well as on the formation of a sustainable need for regular physical activity. The scientific and methodological views of Uzbek scholars in the field of physical education and health promotion are reviewed. The author summarizes these approaches and proposes considering gymnastics not only as a means of developing physical qualities but also as a pedagogical tool for developing everyday healthy lifestyle habits among school students.
Keywords: gymnastics, school students, healthy lifestyle, physical education, physical activity, physical qualities, posture, motor activity, health promotion.