Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 30 Sep 2026 | Maqola Ochiq kirish

XORAZM VILOYATI URGANCH TUMANI SUGʻORILADIGAN TUPROQLARINING SHOʻRLANISHI TAHLILI

Turdaliyev Jamolbek Muminaliyevich, Institute of Soil Science and Agrochemical Research, Tashkent, Uzbekistan. PhD in Biological Sciences
O'zbekcha

XORAZM VILOYATI URGANCH TUMANI SUGʻORILADIGAN TUPROQLARINING SHOʻRLANISHI TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm viloyati Urganch tumani sugʻoriladigan tuproqlarining hozirgi shoʻrlanish holati tahlil qilingan. Tahlil 2025-2026-yillarda tuproq-shoʻrlanish kartogramma maʼlumotlariga asoslangan. Bunda har 18 gektarga bitta tuproq kesmasi qoʻyilgan va 0–200 sm chuqurlikdagi genetik qatlamlar boʻyicha namunalar olingan. Shoʻrlanish xaritasi ArcGIS 10.8 (Esri Inc.) dasturida shoʻrlanish darajasi va tuz zaxiralari toʻgʻrisidagi nuqtaviy maʼlumotlarni fazoviy interpolyatsiya qilish yoʻli bilan tuzilgan. Urganch tumanining umumiy maydoni 23 829,3 ga boʻlgan 14 ta sugʻorish massivi tavsiflangan. Tekshirilgan maydonning 33,5 % ini shoʻrlanmagan tuproqlar egallaydi. Kuchsiz, oʻrtacha, kuchli va juda kuchli shoʻrlangan tuproqlar esa mos ravishda 39,2 %, 16,4 %, 7,2 % va 3,7 % ni tashkil etadi (jami shoʻrlangan yerlar 66,5 %). Shoʻrlanishning sulfatli, xlorid-sulfatli va sulfat-xloridli turlari ustunlik qiladi. S. Qalandarov massivida kesmalar boʻyicha oʻtkazilgan suvli soʻrim tahlili (n = 206 qatlam) quruq qoldiq miqdori va tuz zaxiralari beshta shoʻrlanish toifasi oʻrtasida ishonchli farq qilishini tasdiqladi (Uelch dispersion tahlili, p < 0,001; ikkala koʻrsatkich uchun η² ≥ 0,93). Massivlar oʻrtasidagi fazoviy farqlar ularning Amudaryo deltasidagi joylashuvi, kollektor-drenaj tarmogʻining ishlash holati bilan izohlanadi. Olingan natijalar tumanda shoʻr yuvish meʼyorlari va meliorativ tadbirlarni tabaqalashtirilgan holda rejalashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Tadqiqot AL-9124093960 raqamli "Tuproq shoʻrlanishiga qarshi kurashishning integratsiyalashgan agrotexnologiyasini ishlab chiqish" amaliy loyihasi doirasida bajarilgan.

Kalit so'zlar: shoʻrlangan tuproqlar; sugʻoriladigan yerlar; Amudaryoning quyi oqimi; yirik masshtabli tuproq xaritalash; ArcGIS; shoʻrlanish kimyosi; Xorazm viloyati.

Русский

АНАЛИЗ ЗАСОЛЕНИЯ ОРОШАЕМЫХ ПОЧВ УРГЕНЧСКОГО РАЙОНА ХОРЕЗМСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. В работе проанализировано современное состояние засоления орошаемых почв Ургенчского района Хорезмской области в низовьях Амударьи. Анализ основан на данных крупномасштабной (1:10 000) почвенно-солевой съёмки 2025-2026 гг., выполненной с плотностью один почвенный разрез на 18 га и отбором образцов по генетическим горизонтам в слое 0–200 см. Карта засоления составлена в ArcGIS 10.8 (Esri Inc.) методом пространственной интерполяции точечных данных о степени засоления и запасах солей. Охарактеризованы 14 массивов орошения Ургенчского района общей площадью 23 829,3 га. Незасолённые почвы занимают 33,5% обследованной площади, слабо-, средне-, сильно- и очень сильнозасолённые – соответственно 39,2%, 16,4%, 7,2% и 3,7% (всего засолённых земель – 66,5%). Преобладают сульфатный, хлоридно-сульфатный и сульфатно-хлоридный типы засоления. Анализ водной вытяжки по профилям массива им. С. Каландарова (n = 206 слоёв) подтвердил, что содержание плотного остатка и запасы солей достоверно различаются между пятью категориями засоления (дисперсионный анализ Уэлча, p < 0,001; η² ≥ 0,93 для обоих показателей). Пространственные различия между массивами обусловлены их положением в дельте Амударьи и работой коллекторно-дренажной сети. Полученные результаты служат основой для дифференцированного планирования промывных норм и мелиоративных мероприятий в районе. Исследование выполнено в рамках прикладного проекта AL-9124093960 «Разработка комплексной агротехнологии борьбы с засолением почв».

Ключевые слова: засолённые почвы; орошаемые земли; Ургенчский район; низовья Амударьи; крупномасштабное почвенное картирование; ArcGIS; химизм засоления; Хорезмская область.

English

ANALYSIS OF SALINIZATION OF IRRIGATED SOILS IN THE URGENCH DISTRICT OF THE KHOREZM REGION

Abstract. This study analyzes the current state of salinization of irrigated soils in the Urgench district of the Khorezm region, in the lower Amudarya. The analysis is based on large-scale (1:10 000) soil salinity survey data obtained in 2025-2026, with a sampling density of one soil profile per 18 ha and sampling by genetic horizons within the 0–200 cm layer. A salinity map was compiled in ArcGIS 10.8 (Esri Inc.) by spatial interpolation of point data on salinity degree and salt reserves. In total, 14 irrigation tracts of the Urgench district (23,829.3 ha) were characterized. Non-saline soils occupy 33.5% of the surveyed area, whereas slightly, moderately, strongly, and very strongly saline soils account for 39.2%, 16.4%, 7.2%, and 3.7%, respectively (total saline land: 66.5%). The dominant salinity types are sulfate, chloride–sulfate, and sulfate–chloride. Profile-level water-extract analysis of the S. Kalandarov tract (n = 206 layers) confirmed that dry residue content and salt reserves differ significantly among the five salinity categories (Welch’s ANOVA, p < 0.001; η² ≥ 0.93 for both indicators). Spatial variation among tracts is attributed to their position within the Amudarya delta and the functioning of the collector-drainage network. The results provide a basis for differentiated planning of leaching norms and reclamation measures across the district. The study was carried out within the framework of the applied project AL-9124093960 “Development of an integrated agrotechnology for combating soil salinization”.

Keywords: saline soils; irrigated land; Urgench district; lower Amudarya; large-scale soil mapping; ArcGIS; salinity chemistry; Khorezm region.

Fayllar

xorazm-viloyati-urganch-tumani-sugoriladigan-tuproqlarining.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 03.00.00-Biologiya fanlari
Jurnal 2026-9-son (sentabr)
Chop etilgan 30 Sep 2026
Tashkilot Institute of Soil Science and Agrochemical Research, Tashkent
ID 79072-1791912589
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.
Ilmiy ID-lar