Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Maqolada migratsiyaning tarixiy shakllanishi va zamonaviy jamiyatdagi ijtimoiy transformatsiyalar bilan oʻzaro bogʻliqligi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi turli tarixiy davrlarda aholining koʻchib joylashishi qanday ijtimoiy muammolar bilan bogʻlab tushuntirilganini aniqlash hamda mazkur qarashlarning bugungi migratsiya jarayonlarini tahlil qilishdagi ahamiyatini ochib berishi, antik davr, oʻrta asr Sharq va yangi davr Gʻarb tafakkuriga oid manbalar tarixiy-qiyosiy usulda oʻrganilgan. Shuningdek tahlilda migratsiyaning hududiy harakat bilan cheklanmaydigan ijtimoiy mazmuniga e’tibor qaratillib, insonning bir joydan boshqa joyga koʻchishi uning huquqiy maqomi, siyosiy ishtirok imkoniyatlari, mehnat munosabatlari, oilaviy aloqalari va madaniy muhit bilan munosabatini qayta belgilashi kabi jihatlari ochib berilgan. Shu bilan birga, migratsiyaning oʻzi ham jamiyatda avvaldan kechayotgan iqtisodiy, siyosiy va madaniy oʻzgarishlar ta’sirida shakllanadi. Maqolada ushbu ikki tomonlama bogʻliqlikni tushuntirish uchun hududiy harakat, ijtimoiy mansublik, madaniy muloqot va institusional ishtirok oʻrtasidagi munosabatlar izchil tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: migratsiya, tarixiy evolyusiya, ijtimoiy transformatsiya, ijtimoiy mansublik, fuqarolik, etnomadaniy munosabatlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy-falsafiy tahlil.
Аннотация. В статье с социально-философских позиций исследуются историческое формирование миграции и её взаимосвязь с социальными трансформациями современного общества. Цель исследования, выявить, как в разные исторические эпохи переселение людей объяснялось через существовавшие социальные проблемы, и определить значение этих представлений для анализа современных миграционных процессов. С применением историко-сравнительного метода изучены источники античной, средневековой восточной и западной мысли Нового времени. Особое внимание уделяется социальному содержанию миграции, которое не ограничивается территориальным перемещением. Показано, что переезд человека меняет его правовой статус, возможности политического участия, трудовые отношения, семейные связи и взаимодействие с культурной средой. В то же время миграция сама формируется под влиянием экономических, политических и культурных изменений, происходящих в обществе. Для раскрытия этой двусторонней связи последовательно проанализированы отношения между территориальным перемещением, социальной принадлежностью, межкультурным взаимодействием и участием в социальных институтах.
Ключевые слова: миграция, историческая эволюция, социальная трансформация, социальная принадлежность, гражданство, этнокультурные отношения, социальные институты, социально-философский анализ.
Abstract. This article examines the historical development of migration and its relationship with social transformations in contemporary society from a social-philosophical perspective. The study aims to identify how population movements were explained in relation to social problems in different historical periods and to assess the relevance of those perspectives to the analysis of migration today. Sources from antiquity, the medieval East, and early modern Western thought are examined using a historical-comparative approach. The analysis pays particular attention to the social dimensions of migration beyond movement across territories. Relocation can reshape a person’s legal status, opportunities for political participation, employment relations, family ties, and relationship with the surrounding cultural environment. At the same time, migration is itself shaped by ongoing economic, political, and cultural changes in society. To explain this two-way relationship, the article examines the connections among territorial movement, social belonging, intercultural interaction, and participation in social institutions.
Keywords: migration, historical evolution, social transformation, social belonging, citizenship, ethnocultural relations, social institutions, social-philosophical analysis.