Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 30 Sep 2026 | Maqola Ochiq kirish

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA TADQIQOTGA ASOSLANGAN TA’LIM: MAZMUNI VA METODIK XUSUSIYATLARI

Toʻxtaboyeva Yulduzxon Abdusattorovna, Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali, Tibbiy fundamental fanlar kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari doktori (DSc)
Kodirova Husnida Maxsutali qizi, Namangan davlat universiteti Biotexnologiya kafedrasi oʻqituvchisi
O'zbekcha

BIOLOGIYA FANINI OʻQITISHDA TADQIQOTGA ASOSLANGAN TA’LIM: MAZMUNI VA METODIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy oʻrta va oliy ta’lim tizimida biologiya fanini oʻqitish samaradorligini oshirishda tadqiqotga asoslangan ta’limning (TAT) mazmuni, strukturasidagi metodik xususiyatlari hamda didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi biologiya darslarida amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini an’anaviy tajriba namoyish etishdan modelga va siklli izlanishga asoslangan tadqiqotchilik faoliyatiga oʻtkazish metodikasini ilmiy asoslashdan iborat. Ishda qiyosiy-pedagogik tahlil, modellashtirish va konseptual gipotezalarni baholash metodlaridan foydalanilgan. Tahlillar natijasida TATning an’anaviy laboratoriya ishlaridan farqli ravishda chiziqli emas, balki gipoteza tuzish, modelni tajribada sinash, natijalarni talqin qilish va takroriy qayta qurish (iteratsiya) shaklidagi siklli bilish mantiqiga ega ekanligi koʻrsatib berilgan. Shuningdek, oʻquvchilarning mustaqillik darajasini bosqichma-bosqich oshirish (tuzilgan, yoʻnaltirilgan va ochiq tadqiqot) va jamoaviy ilmiy muloqotni tashkil etish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot xulosalari biologiya darslarida oʻquvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini, amaliy kompetensiyalarini hamda mustaqil va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: biologiya ta’limi, tadqiqotga asoslangan ta’lim (TAT), modellashtirish, tabiiy-ilmiy savodxonlik, siklli izlanish (iteratsiya), gipoteza, ochiq tadqiqot, amaliy kompetensiyalar.

Русский

ОБУЧЕНИЕ НА ОСНОВЕ ИССЛЕДОВАНИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ БИОЛОГИИ: СОДЕРЖАНИЕ И МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ

Аннотация. В данной статье анализируются содержание, методические особенности и дидактический потенциал исследовательского обучения (ИО) в повышении эффективности преподавания биологии в системе общего среднего и высшего образования. Цель исследования заключается в научном обосновании методики перевода практических и лабораторных занятий по биологии от традиционной демонстрации опытов к исследовательской деятельности, основанной на моделировании и циклическом поиске. В работе использованы методы сравнительно-педагогического анализа, моделирования и оценки концептуальных гипотез. В результате анализа показано, что исследовательское обучение, в отличие от традиционных лабораторных работ, обладает не линейной, а циклической логикой познания, включающей выдвижение гипотез, экспериментальную проверку моделей, интерпретацию результатов и их итеративную переработку. Также освещены механизмы постепенного повышения уровня самостоятельности учащихся (структурированное, направляемое и открытое исследование) и организации коллективного научного диалога. Выводы исследования способствуют развитию естественнонаучной грамотности, практических компетенций, а также навыков самостоятельного и критического мышления учащихся на уроках биологии

Ключевые слова: биологическое образование, исследовательское обучение, моделирование, естественнонаучная грамотность, циклический поиск (итерация), гипотеза, открытое исследование, практические компетенции.

English

INQUIRY-BASED LEARNING IN BIOLOGY EDUCATION: CONTENT AND METHODOLOGICAL CHARACTERISTICS

Abstract. This article analyzes the content, methodological features, and didactic potential of Inquiry-Based Learning (IBL) in improving the effectiveness of biology education in general secondary and higher education systems. The aim of the study is to scientifically substantiate the methodology for transitioning practical and laboratory classes in biology from traditional experiment demonstrations to inquiry activity based on modeling and iterative investigation. Comparative-pedagogical analysis, modeling, and evaluation of conceptual hypotheses were employed as primary research methods. The results demonstrate that, unlike conventional laboratory work, IBL follows a non-linear, iterative cognitive cycle involving hypothesis generation, experimental testing of models, data interpretation, and model revision. Furthermore, mechanisms for gradually scaffolding student autonomy (structured, guided, and open inquiry) and fostering collaborative scientific argumentation are detailed. The findings of this research contribute to enhancing students’ scientific literacy, practical competencies, and critical thinking skills during biology instruction.

Keywords: biology education, inquiry-based learning (IBL), modeling, scientific literacy, iterative process, hypothesis, open inquiry, practical competencies.

Fayllar

biologiya-fanini-oqitishda-tadqiqotga-asoslangan-talim-ma.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 13.00.00-Pedagogika fanlari
Jurnal 2026-9-son (sentabr)
Chop etilgan 30 Sep 2026
Tashkilot Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Namangan filiali
ID 65141-1792517777
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.