Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 30 Sep 2026 | Maqola Ochiq kirish

GALOFIT OʻSIMLIKLARDAN RIZOSFERA ZAMBURUGʻLAR AJRATISH VA TAVSIFLASH

Amirova U.Oʻ, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
Gʻulomova G.Gʻ, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
Yasenjiang A, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
Abdusamatov S.A, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
Sultanov N.N, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
Jalolova B.Sh, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent, Oʻzbekiston
O'zbekcha

GALOFIT OʻSIMLIKLARDAN RIZOSFERA ZAMBURUGʻLAR AJRATISH VA TAVSIFLASH

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda galofit oʻsimliklar rizosferasidan zamburugʻlarni ajratib olish, ularning shoʻrlanish sharoitiga chidamliligini aniqlash hamda fosforni mobilizatsiya qilish va fermentativ faolliklarini tavsiflash maqsad qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi shoʻrlangan tuproqlarda yashovchi, oʻsimliklarning oziqlanishi va oʻsishiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan istiqbolli zamburugʻizolyatlarini aniqlashdan iborat. Standart mikrobiologik usullar yordamida galofit oʻsimliklar rizosferasidan jami 11 ta zamburugʻizolyati ajratib olindi va sof kulturaga keltirildi. Ajratib olingan izolyatlarning morfologik va kultural xususiyatlari oʻrganilib, ularning turli konsentratsiyadagi NaCl sharoitida oʻsish qobiliyati, ya’ni galotolerantligi aniqlandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, izolyatlar orasida shoʻrlanishga turli darajada chidamlilik kuzatildi va yuqori galotolerantlik xususiyatiga ega istiqbolli izolyatlar tanlab olindi. Shuningdek, barcha zamburugʻizolyatlarining mineral fosfatlarni mobilizatsiya qilish qobiliyati oʻrganildi. Tadqiqot natijalari izolyatlar orasida fosforni mobilizatsiya qilish faolligi sezilarli darajada farq qilishini koʻrsatdi. Yuqori fosfat mobilizatsiya qiluvchi izolyatlar shoʻrlangan tuproqlarda oʻsimliklar uchun oʻzlashtiriladigan fosfor miqdorini oshirishda potensial mikrobiologik vosita sifatida baholandi. Bundan tashqari, ajratib olingan zamburugʻizolyatlarining proteaza, lipaza, amilaza, sellyulaza va xitinaza kabi hujayradan tashqari fermentlarni ishlab chiqarish qobiliyati aniqlandi. Fermentativ faollik natijalari izolyatlarning biotexnologik jihatdan turli xil potensialga ega ekanligini koʻrsatdi. Yuqori fermentativ va fosfat mobilizatsiya qiluvchi faollikka ega izolyatlar keyingi tadqiqotlar uchun istiqbolli shtammlar sifatida tanlab olindi.

Kalit so'zlar: galofit oʻsimliklar, rizosfera zamburugʻlari, shoʻrlanishga chidamlilik, fosfat mobilizatsiyasi, hujayradan tashqari fermentlar, proteaza, lipaza, amilaza, sellyulaza, xitinaza.

Русский

ВЫДЕЛЕНИЕ И ХАРАКТЕРИСТИКА РИЗОСФЕРНЫХ ГРИБОВ ИЗ ГАЛОФИТНЫХ РАСТЕНИЙ

Аннотация. Целью данного исследования являлось выделение грибов из ризосферы галофитных растений, определение их устойчивости к засолению, а также характеристика их способности к мобилизации фосфатов и ферментативной активности. Основной задачей исследования было выявление перспективных грибных изолятов, обитающих в засоленных почвах и способных оказывать положительное влияние на питание и рост растений. С использованием стандартных микробиологических методов из ризосферы галофитных растений было выделено и очищено до чистых культур 11 грибных изолятов. Были изучены морфологические и культуральные характеристики выделенных грибов, а также определена их способность к росту при различных концентрациях NaCl, то есть галотолерантность. Результаты исследования показали различную степень устойчивости изолятов к засолению, среди которых были отобраны перспективные изоляты с высокой галотолерантностью. Кроме того, была исследована способность всех грибных изолятов к мобилизации неорганических фосфатов. Полученные результаты продемонстрировали значительные различия в активности мобилизации фосфатов между изолятами. Изоляты с высокой фосфатмобилизующей активностью были рассмотрены в качестве потенциальных микробиологических агентов для повышения доступности фосфора для растений в условиях засоленных почв. Также была определена способность выделенных грибных штаммов продуцировать внеклеточные ферменты, включая протеазу, липазу, амилазу, целлюлазу и хитиназу. Результаты исследования ферментативной активности показали наличие у изолятов различного биотехнологического потенциала. Изоляты с высокой ферментативной и фосфатмобилизующей активностью были отобраны в качестве перспективных штаммов для дальнейших исследований.

Ключевые слова: галофитные растения, ризосферные грибы, солеустойчивость, мобилизация фосфатов, внеклеточные ферменты, протеаза, липаза, амилаза, целлюлаза, хитиназа.

English

ISOLATION AND CHARACTERIZATION OF RHIZOSPHERE FUNGI FROM HALOPHYTIC PLANTS

Abstract. This study aimed to isolate fungi from the rhizosphere of halophytic plants, determine their tolerance to salinity, and characterize their phosphate mobilization and enzymatic activities. The main objective of the study was to identify promising fungal isolates inhabiting saline soils that may positively contribute to plant nutrition and growth. Using standard microbiological methods, a total of 11 fungal isolates were isolated from the rhizosphere of halophytic plants and purified to obtain pure cultures. The morphological and cultural characteristics of the isolated fungi were studied, and their ability to grow under different concentrations of NaCl, i.e., their halotolerance, was determined. The results showed varying levels of salt tolerance among the isolates, and promising isolates with high halotolerance were selected. In addition, the ability of all fungal isolates to mobilize inorganic phosphate was investigated. The results demonstrated considerable variation in phosphate mobilization activity among the isolates. Isolates exhibiting high phosphate-mobilizing activity were considered potential microbiological agents for increasing the availability of phosphorus to plants under saline soil conditions. Furthermore, the ability of the isolated fungal strains to produce extracellular enzymes, including protease, lipase, amylase, cellulase, and chitinase, was determined. The enzymatic activity results demonstrated that the isolates possess diverse biotechnological potential. Isolates exhibiting high enzymatic and phosphate-mobilizing activities were selected as promising strains for further studies.

Keywords: halophytic plants, rhizosphere fungi, salt tolerance, phosphate mobilization, extracellular enzymes, protease, lipase, amylase, cellulase, chitinase.

Fayllar

galofit-osimliklardan-rizosfera-zamburuglar-ajratish-va-ta.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 03.00.00-Biologiya fanlari
Jurnal 2026-9-son (sentabr)
Chop etilgan 30 Sep 2026
Tashkilot Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti
ID 65758-1792514310
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.