Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Chop etilgan: 30 Sep 2026 | Maqola Ochiq kirish

IJTIMOIY TENGSIZLIK VA FUQAROLARARO ZIDDIYATLAR OʻZARO ALOQADORLIGINING ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK ASOSLARI

Yoqubov Gʻolibjon Bahtiyorjon oʻgʻli, Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi
O'zbekcha

IJTIMOIY TENGSIZLIK VA FUQAROLARARO ZIDDIYATLAR OʻZARO ALOQADORLIGINING ONTOLOGIK VA GNOSEOLOGIK ASOSLARI

Annotatsiya. Maqolada ijtimoiy tengsizlik va fuqarolararo ziddiyatlar oʻrtasidagi aloqadorlikning ontologik va gnoseologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mazkur aloqadorlikning falsafiy asoslarini aniqlash va tengsizlikning ziddiyatga aylanish shartlarini tizimlashtirishdan iborat. Metodologik asos sifatida dialektik usul, qiyosiy-tarixiy tahlil, tushunchalar tahlili hamda analiz va sintez usullari qoʻllanildi. Muallif tengsizlikning uch ontologik modelini – tabiiy, funksional va munosabatli-strukturaviy modellarni – qiyosiy koʻrib chiqib, uchinchisining uslubiy ustunligini asoslaydi. Gnoseologik tahlilda tengsizlikni bilishning uch darajasi – obyektiv koʻrsatkich, idrok etilgan tengsizlik va axloqiy baho – ajratiladi hamda ular oʻrtasidagi uzilish hodisasi va uning mexanizmlari oʻrganiladi. Tadqiqotda tengsizlikning ziddiyat keltirib chiqarishining besh sharti aniqlanib, tengsizlik oʻz-oʻzidan emas, adolatsiz deb tan olingandagina ziddiyat manbaiga aylanishi asoslanadi. Xulosada ontologik va gnoseologik tahlilning birligi mazkur muammoni oʻrganishning zaruriy sharti ekani koʻrsatiladi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy tengsizlik, fuqarolararo ziddiyat, ontologiya, gnoseologiya, nisbiy mahrumlik, idrok etilgan tengsizlik, legitimlik, ijtimoiy tabaqalanish.

Русский

ОНТОЛОГИЧЕСКИЕ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ВЗАИМОСВЯЗИ СОЦИАЛЬНОГО НЕРАВЕНСТВА И МЕЖГРАЖДАНСКИХ ПРОТИВОРЕЧИЙ

Аннотация. В статье анализируются онтологические и гносеологические основы взаимосвязи социального неравенства и межгражданских противоречий. Цель исследования – выявить философские основания данной взаимосвязи и систематизировать условия перерастания неравенства в конфликт. Методологическую основу составили диалектический метод, сравнительно-исторический анализ, анализ понятий, а также методы анализа и синтеза. Автор сравнительно рассматривает три онтологические модели неравенства – природную, функциональную и реляционно-структурную – и обосновывает методологическое преимущество третьей. В гносеологическом анализе выделяются три уровня познания неравенства – объективный показатель, воспринимаемое неравенство и нравственная оценка – и исследуются феномен разрыва между ними и его механизмы. Определены пять условий, при которых неравенство порождает конфликт, и обосновывается, что неравенство становится источником противоречия не само по себе, а лишь будучи признанным несправедливым. В заключении показано, что единство онтологического и гносеологического анализа является необходимым условием изучения данной проблемы.

Ключевые слова: социальное неравенство, межгражданское противоречие, онтология, гносеология, относительная депривация, воспринимаемое неравенство, легитимность, социальная стратификация.

English

ONTOLOGICAL AND EPISTEMOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE INTERRELATION BETWEEN SOCIAL INEQUALITY AND INTER-CITIZEN CONFLICTS

Abstract. The article analyses the ontological and epistemological foundations of the interrelation between social inequality and inter-citizen conflicts. The aim of the study is to identify the philosophical foundations of this interrelation and to systematize the conditions under which inequality turns into conflict. The dialectical method, comparative-historical analysis, conceptual analysis, and the methods of analysis and synthesis constitute the methodological basis. The author comparatively examines three ontological models of inequality – the natural, the functional and the relational-structural – and substantiates the methodological advantage of the third. The epistemological analysis distinguishes three levels of cognizing inequality – objective indicators, perceived inequality and moral evaluation – and examines the phenomenon of the gap between them and its mechanisms. Five conditions under which inequality generates conflict are identified, and it is substantiated that inequality becomes a source of conflict not in itself but only once it is recognized as unjust. In conclusion, it is shown that the unity of ontological and epistemological analysis is a necessary condition for studying this problem.

Keywords: social inequality, inter-citizen conflict, ontology, epistemology, relative deprivation, perceived inequality, legitimacy, social stratification.

Fayllar

ijtimoiy-tengsizlik-va-fuqarolararo-ziddiyatlar-ozaro-aloqa.pdf Yuklab olish

Mobil qurilmada PDF-ni ko'rish uchun ochib oling.

PDF-ni ochish
Ma'lumotlar
Yo'nalish 09.00.00-Falsafa fanlari
Jurnal 2026-9-son (sentabr)
Chop etilgan 30 Sep 2026
Tashkilot Namangan davlat universiteti
ID 41028-1793993803
Ushbu havola Crossref va ilmiy iqtiboslar uchun rasmiy landing page havolasi hisoblanadi.
Ilmiy ID-lar