Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Maqolada Yangi Oʻzbekistonda inklyuziv jamiyat shakllanishi sharoitida tibbiy modeldan inson subyektivligi paradigmasiga oʻtishning ijtimoiy-falsafiy asoslari tadqiq etiladi. Tibbiy model kasallik va nuqsonni bilishning zarur ilmiy vositasi ekanini eʼtirof etgan holda, insonni faqat tashxis va davolash obyekti sifatida talqin qilish uning ijtimoiy hayotda toʻlaqonli ishtirokini cheklashi mumkinligi asoslanadi. M. Fuko, J. Kangilem, J. Engel, M. Oliver, T. Shekspir, M. Nussbaum, T. Bichamp va J. Childress qarashlari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Funksionallik, hayot faoliyati cheklanishi va salomatlikning xalqaro tasnifi, BMTning Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligi tizimli, qiyosiy va germenevtik usullar asosida tahlil qilindi. Nogironlikning tibbiy, ijtimoiy va inson huquqlariga asoslangan modellari qiyoslanib, inklyuziya insonni «tuzatish»dan uning ishtirokiga toʻsqinlik qiluvchi ijtimoiy toʻsiqlarni bartaraf etishga oʻtishni talab qilishi koʻrsatildi. Muallif klinik asoslanganlik, subyektiv tajriba, ongli ishtirok, toʻsiqsiz muhit va institutsional hisobdorlikni birlashtiruvchi konseptual model hamda uni baholash mezonlarini taklif etadi.
Kalit so'zlar: inklyuziv jamiyat, tibbiy model, nogironlikning ijtimoiy modeli, inson subyektivligi, shaxs avtonomiyasi, inson qadr-qimmati, tibbiy paternalizm, ongli rozilik, ijtimoiy adolat, Yangi Oʻzbekiston.
Аннотация. В статье исследуются социально-философские основания перехода от медицинской модели к парадигме субъектности человека в условиях формирования инклюзивного общества в Новом Узбекистане. Признавая медицинскую модель необходимым научным инструментом познания болезни и нарушения, автор обосновывает, что восприятие человека исключительно как объекта диагностики и лечения способно ограничивать его полноценное участие в жизни общества. На основе системного, сравнительного и герменевтического методов проанализированы взгляды М. Фуко, Ж. Кангилема, Дж. Энгеля, М. Оливера, Т. Шекспира, М. Нуссбаум, Т. Бичампа и Дж. Чилдресса, Международная классификация функционирования, ограничений жизнедеятельности и здоровья ВОЗ, Конвенция ООН о правах инвалидов, а также Конституция и законодательство Республики Узбекистан. Сравнение медицинской, социальной и правозащитной моделей инвалидности показывает, что инклюзия требует перехода от «исправления» человека к устранению социальных барьеров, препятствующих его участию. Автор предлагает концептуальную модель, объединяющую клиническую обоснованность, субъективный опыт, осознанное участие, безбарьерную среду и институциональную подотчётность, а также критерии её оценки.
Ключевые слова: инклюзивное общество, медицинская модель, социальная модель инвалидности, субъектность человека, автономия личности, человеческое достоинство, медицинский патернализм, информированное согласие, социальная справедливость, Новый Узбекистан.
Abstract. The article examines the socio-philosophical foundations of the shift from the medical model to a paradigm of human subjectivity (agency) in the context of building an inclusive society in New Uzbekistan. While recognising the medical model as an indispensable scientific tool for understanding disease and impairment, the author argues that treating a person solely as an object of diagnosis and treatment may restrict their full participation in social life. Using systemic, comparative and hermeneutic methods, the study analyses the ideas of M. Foucault, G. Canguilhem, G. Engel, M. Oliver, T. Shakespeare, M. Nussbaum, T. Beauchamp and J. Childress, the WHO International Classification of Functioning, Disability and Health, the UN Convention on the Rights of Persons with Disabilities, and the Constitution and legislation of the Republic of Uzbekistan. A comparison of the medical, social and human rights models of disability shows that inclusion requires moving from «fixing» the individual to removing the social barriers that prevent participation. The author proposes a conceptual model combining clinical validity, subjective experience, informed participation, a barrier-free environment and institutional accountability, together with criteria for its assessment.
Keywords: inclusive society, medical model, social model of disability, human subjectivity, personal autonomy, human dignity, medical paternalism, informed consent, social justice, New Uzbekistan.