Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Ushbu maqolada Mirzachoʻl vohasining Boyovut va Mirzaobod tumanlarida tarqalgan sugʻoriladigan boʻz- oʻtloqi tuproqlarning singdirilgan asoslar yigʻindisi hamda singdirilgan kalsiy (Ca²⁺), magniy (Mg²⁺), kaliy (K⁺) va natriy (Na⁺) kationlarining profil boʻylab taqsimlanishi tahlil qilingan. Tadqiqot Boyovut tumanidagi U. Yusupov nomli massivning 1-M va 3-M kesmalari hamda Mirzaobod tumanidagi «Dehqonobod» massivining 6-M, 8-M va 9-M kesmalari maʼlumotlariga asoslangan. Natijalarga koʻra, singdirilgan asoslar yigʻindisi 6,2-8,1 mg-ekv/100 g tuproq oraligʻida oʻzgaradi. Singdirish kompleksida kalsiy va magniy kationlari ustunlik qiladi, kaliy ulushi esa nisbatan kam. Mirzaobod massivining 8-M va 9-M kesmalarida chuqur qatlamlarga tomon natriy ulushining ortishi aniqlangan. Mazkur holat ushbu qatlamlarning fizik-kimyoviy va meliorativ xususiyatlarini qoʻshimcha oʻrganish zarurligini koʻrsatadi. Olingan natijalar sugʻoriladigan tuproqlarning agroekologik holatini baholash, suv-tuz rejimini nazorat qilish va meliorativ tadbirlarni tabaqalashtirishda foydalanilishi mumkin.
Kalit so'zlar: Mirzachoʻl vohasi, sugʻoriladigan boʻz-oʻtloqi tuproqlar, singdirilgan asoslar, kation almashinish, kalsiy, magniy, kaliy, natriy, tuproq profili, shoʻrlanish, shoʻrtoblanish, meliorativ holat.
Аннотация. В статье проанализированы сумма поглощённых оснований и профильное распределение поглощённых катионов кальция (Ca²⁺), магния (Mg²⁺), калия (K⁺) и натрия (Na⁺) в орошаемых серозёмно-луговых почвах Мирзачульского оазиса. Исследование основано на данных почвенных разрезов 1-М и 3-М массива имени У. Юсупова Баяутского района, а также разрезов 6-М, 8-М и 9-М массива «Дехканабад» Мирзаабадского района. Установлено, что сумма поглощённых оснований изменяется в пределах 6,2-8,1 мг-экв/100 г почвы. В поглощающем комплексе преобладают катионы кальция и магния, тогда как доля калия сравнительно невелика. В разрезах 8-М и 9-М массива «Дехканабад» выявлено увеличение относительной доли натрия в нижних горизонтах. Полученные результаты указывают на необходимость дополнительного исследования физико-химических и мелиоративных свойств этих горизонтов. Материалы исследования могут быть использованы для оценки агроэкологического состояния орошаемых почв, контроля водно-солевого режима и разработки дифференцированных мелиоративных мероприятий.
Ключевые слова: Мирзачульский оазис, орошаемые серозёмно-луговые почвы, поглощённые основания, катионный обмен, кальций, магний, калий, натрий, почвенный профиль, засоление, осолонцевание, мелиоративное состояние.
Abstract. This article examines the sum of exchangeable base cations and the profile distribution of calcium (Ca²⁺), magnesium (Mg²⁺), potassium (K⁺), and sodium (Na⁺) in irrigated grey-meadow soils of the Mirzachul oasis, Uzbekistan. The analysis is based on soil profile data from sections 1-M and 3-M in the U. Yusupov massif, Boyovut district, and sections 6-M, 8-M, and 9-M in the Dehqonobod massif, Mirzaobod district. The sum of exchangeable bases ranges from 6.2 to 8.1 cmol(+) kg⁻¹ of soil, equivalent to 6.2-8.1 meq/100 g. Calcium and magnesium dominate the exchange complex, while the relative proportion of potassium is comparatively low. An increase in the relative sodium proportion with depth was observed in profiles 8-M and 9-M of the Dehqonobod massif. These findings indicate the need for further assessment of the physicochemical and reclamation properties of the affected subsoil horizons. The results may support agroecological soil assessment, irrigation and salinity monitoring, and the development of site-specific soil reclamation measures.
Keywords: Mirzachul oasis, irrigated grey-meadow soils, exchangeable bases, cation exchange, calcium, magnesium, potassium, sodium, soil profile, salinity, sodicity, soil reclamation.