Namangan davlat universiteti

Ilmiy axborotnomasi

Axborot xati

"NAMDU ILMIY AXBOROTNOMASI" 2026-yil uchun axborot xati

Chop etilgan sana: 2026-06-11

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY-PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI

 

“NAMDU ILMIY AXBOROTNOMASI”

 

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan Namangan davlat universitetining “NamDU ilmiy axborotnomasi-Научный вестник НамГУ” jurnali 2019-yildan boshlab quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha OАK dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan:

1.   01.00.00 – Fizika-matematika fanlari

2.   02.00.00 – Kimyo fanlari

3.   03.00.00 – Biologiya fanlari

4.   09.00.00 – Falsafa fanlari

5.   10.00.00 – Filologiya fanlari

6.   13.00.00 – Pedagogika fanlari

Maqolaning tarkibiy tuzilishi (IMRAD talabi asosida)

1.   UO‘K (UDK) indeksi.

2.   Maqola mavzusi (o‘zbek, rus, ingliz tillarida).

3.   Muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi (to‘liq) va ORCID identifikatori.

4.   Muallif(lar)ning ish (o‘qish) joyi, lavozimi, ilmiy darajasi/unvoni, korporativ elektron manzili va telefon raqami.

5.   Annotatsiya va kalit so‘zlar (o‘zbek (faqat lotin alifbosida), rus, ingliz tillarida).

6.   Kirish (Introduction).

7.   Adabiyotlar tahlili (Literature review).

8.   Tadqiqot metodologiyasi (Methods).

9.   Natijalar va ularning tahlili (Results and discussion).

10.   Xulosalar (Conclusions).

11.   Mualliflar bayonotlari: mualliflar hissasi, manfaatlar to‘qnashuvi va moliyalashtirish manbai (mavjud bo’lsa).

12.   Foydalanilgan adabiyotlar.

13.   References (lotin alifbosida transliteratsiya qilingan adabiyotlar ro‘yxati).

MAQOLAGA QO‘YILADIGAN TEXNIK VA ILMIY TALABLAR

1.   Maqola matni Microsoft Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, qator oralig‘i 1,15 intervalda tayyorlanadi. Varaq formati — A4, kitob shaklida. Hoshiyalar: yuqori va pastdan — 2 sm, chapdan — 3 sm, o‘ngdan — 1,5 sm. Xatboshi (abzats) — 1,25 sm. Matn kenglik bo‘yicha tekislanadi.

2.   Maqola hajmi kamida 10 bet bo‘lib, 3500–4000 so‘zdan iborat bo‘lishi hamda tahliliy ma’lumotlar, jadval, diagramma va rasmlar bilan boyitilishi lozim.

3.   Har bir muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ish (o‘qish) joyi va lavozimi to‘liq keltiriladi. Muallifning ORCID identifikatori, korporativ (tashkilot) elektron manzili va telefon raqami ko‘rsatilishi shart.

4.   Mavzu nomi bosh harflarda va qoraytirilgan holda o‘zbek, rus hamda ingliz tillarida beriladi.

5.   Annotatsiya (maqolaning muxtasar mazmuni, maqsadi, metodologiyasi va asosiy natijasi — 100–250 so‘z) hamda kalit so‘zlar (5–8 ta) o‘zbek, rus va ingliz tillarida keltiriladi.

6.   Matn ichidagi havolalar [1], [2, 3] ko‘rinishida beriladi. Maqola so‘ngida ikkita ro‘yxat keltiriladi: (a) «Foydalanilgan adabiyotlar» — manba o‘zbek tilida bo‘lsa lotin, rus tilida bo‘lsa kirill alifbosida; (b) «References» — barcha manbalar lotin alifbosiga transliteratsiya qilingan holda. Iqtiboslar yagona uslubda (GOST yoki xalqaro — APA/Vancouver) rasmiylashtiriladi.

7.   Rasmlar: barcha grafik materiallar (chizma, diagramma, rasm) arab raqamlari bilan «Rasm» so‘zi qatorida qayd etiladi. Rasm nomi rasm ostida, keyingi qatorda o‘rtada, qoraytirilgan shriftda yoziladi (1-rasm. Rasm nomi). Rasm matndan yuqori va pastdan bir qatordan bo‘sh qoldiriladi. Har bir rasmga matnda havola berilishi shart.

8.   Jadvallar: «Jadval» so‘zi va arab raqami (nuqtasiz) bilan belgilanib, o‘ng tomonga tekislanadi. Jadval nomi keyingi qatorda o‘rtada, qoraytirilgan shriftda yoziladi.

9.   Maqola ilmiy asoslangan, eksperimental ma’lumotlarga tayangan, ilgari e’lon qilinmagan va ilmiy yangilikka ega bo‘lishi shart. Matnning kamida 70–80 foizi muallifning shaxsiy izlanishi natijasi bo‘lishi lozim.

10.   Maqola ilmiy darajasi yuqori bo‘lgan yetakchi mutaxassis tomonidan kamida bitta taqriz bilan, tahrir qilingan holda elektron shaklda topshiriladi.

11.  Maqolalar ekspert komissiyasi tomonidan taqrizdan (peer review) o‘tkaziladi; faqat tavsiya etilgan maqolalar chop etiladi.

12.    Tavsiya etilmagan maqolalar chop etilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

13.   Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

14.   Jurnalning bir sonida bir muallifning faqat bitta maqolasi nashr etiladi (hammuallifdagi maqolalar bundan mustasno).

MAQOLA YUBORISH VA NASHR ETISH TARTIBI

     Maqolalar https://journal.namdu.uz sayti orqali muallifning shaxsiy kabinetidan «Maqola yuborish» bo‘limi orqali yuboriladi. Shaxsiy kabinetga har bir muallif o‘zining OneID tizimi orqali kiradi.

     Maqola tahririyat a’zolari tomonidan chop etishga tavsiya etilgandan so‘ng, yuborilgan maqolaning «Amallar» tugmasida nashr uchun to‘lov summasi va universitet hisob raqami shakllanadi.

     To‘lov xabarnomasi (kvitansiya) o‘sha joyga muallif tomonidan biriktiriladi va maqola chop etiladi. To‘lov xabarnomasi biriktirilmagan maqolalar chop etilmaydi.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan hamda https://journal.namdu.uz sayti orqali yuborilmagan maqolalar tahrirga jo‘natilmaydi va chop etilmaydi.

Quyida maqolani rasmiylashtirish namunasi keltirilgan. Mualliflarga ushbu namunadan foydalanish tavsiya etiladi.

 

 

NAMUNA

 

UO‘K 159.9(575.1)

OLIY TA’LIMDA TA’LIM SIFATI DIAGNOSTIKASINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Urinov Baxrom Jamoliddinovich

Namangan davlat universiteti dotsenti

ORCID: 0000-0002-1234-5678

E-mail: urinovbakhrom@gmail.com

Boltaboyev Mahmud Toshpo‘latovich

Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ORCID: 0000-0003-1234-5678

E-mail: makhmud74@mail.ru

Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim muassasalarida, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, sifat masalasi birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Abituriyentlarni oliy ta’limga jalb etish maqsadidagi raqobat muassasalar o‘rtasida ta’lim sifatiga katta e’tibor talab qilmoqda. Bu oliy ta’lim muassasasida ta’lim sifatini diagnostika qilish va aniqlanayotgan zaif nuqtalarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. Ushbu maqolada ta’lim sifatini diagnostika qilish maqsadi, vazifalari, yo‘nalishlari va natijalari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: ta’lim, sifat, diagnostika, ta’lim diagnostikasi, diagnostika yo‘nalishlari, omil, standart, mezon.

 

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ ДИАГНОСТИКИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация: В современных образовательных учреждениях, как и во всех сферах, на первый план выходит вопрос качества. Борьба за привлечение абитуриентов в высшие учебные заведения требует большого внимания к качеству образования. Это направлено на диагностику качества образования в высшей школе и разработку мер по усилению выявленных слабых сторон. В данной статье рассматриваются цель, задачи, направления и результаты диагностики качества образования.

Ключевые слова: образование, качество, диагностика, образовательная диагностика, направления диагностики, фактор, стандарт, критерии.

 

THE MAIN DIRECTIONS OF DIAGNOSTICS OF THE QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER EDUCATION

Annotation: In modern educational institutions, as in all spheres, the issue of quality comes to the fore. The competition to attract applicants to higher education institutions requires considerable attention to the quality of education. This is aimed at diagnosing the quality of education in higher education and developing measures to strengthen the identified weaknesses. This article discusses the goal, objectives, directions and results of educational quality diagnostics.

Key words: education, quality, diagnostics, educational diagnostics, directions for diagnostics, factor, standard, criteria.

 

Kirish

Zamonaviy ta’lim muassasalarida, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, sifat masalasi birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Abituriyentlarni oliy ta’limga jalb etish bo‘yicha muassasalar o‘rtasidagi raqobat ta’lim sifatiga alohida e’tibor talab qilmoqda. Mamlakatning oliy ta’lim tizimi sifatini ta’minlash va yaxshilash nafaqat uning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi, balki xalqaro miqyosdagi mavqei uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu maqolada ta’lim sifatini diagnostika qilish maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

Adabiyotlar tahlili

Oliy ta’lim sifati muammosi XX asrning 70-yillaridan boshlab tadqiq etib kelinadi. Yu.A. Egorova ta’lim sifati muammolarining yuzaga kelish sabablari va omillarini tahlil qilgan [1]. R.I. Miller AQSh oliy ta’lim muassasalarida sifat harakatining rivojlanishini yoritgan [2]. R. Naureen Bangladesh oliy ta’lim muassasalarida sifat madaniyatini rivojlantirish tajribasini o‘rgangan [3]. Mazkur tadqiqotlar ta’lim sifatini baholashning turlicha yondashuvlarini namoyish etadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini baholash tizimi tahlil qilindi. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari [4] tahlil qilinib, rivojlangan davlatlar tajribasi bilan qiyoslandi. Tahlil qiyosiy va tizimli yondashuvlar asosida amalga oshirildi.

Natijalar va ularning tahlili

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, ta’lim sifati ta’lim sohasining ijtimoiy ahamiyatini belgilovchi asosiy parametr hisoblanadi. Sifat tushunchasi ta’limning iqtisodiy, ijtimoiy, kognitiv va madaniy jihatlarini qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasi reyting mezonlarini tahlil qilishda ayrim indikatorlar bo‘yicha ballarning taqsimlanishida nomutanosibliklar aniqlandi: ilmiy maqola va monografiyaga bir xil ball berilgani, shuningdek patent hamda dasturiy mahsulotlar uchun ajratilgan ballarning ularning yaratilish murakkabligiga nomutanosibligi kuzatildi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda reyting aniqlashda ta’lim sifati, ish beruvchilar talabi va ilmiy faoliyat asosiy mezonlar sifatida qabul qilingan.

Xulosa

Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash va oshirish har bir davlatning ta’lim siyosatiga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ta’lim sifatini ta’minlashning mo‘tadilligiga erishish dastlabki bosqich maqsadi bo‘lsa, keyingi bosqichda sifat kafolatini ta’minlash asosiy vazifa bo‘lib qolishi lozim.

Mualliflar hissasi, manfaatlar to‘qnashuvi va moliyalashtirish

Mualliflar hissasi: barcha mualliflar tadqiqot konsepsiyasi, ma’lumotlarni tahlil qilish va maqola matnini tayyorlashda teng hissa qo‘shgan. Manfaatlar to‘qnashuvi: mualliflar manfaatlar to‘qnashuvi yo‘qligini bildiradi. Moliyalashtirish: tadqiqot tashqi moliyaviy yordamsiz amalga oshirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.   Егорова Ю.А. Проблема качества высшего образования // Современные наукоемкие технологии. – 2022. – № 1. – С. 43–44.

2.   Miller R.I. The Quality Movement in Higher Education in the United States // Higher Education in Europe. – 1996. – Vol. XXI, № 2–3. – P. 84–93.

3.   Naureen R. Evolution of quality culture in an HEI: critical insights from university staff in Bangladesh // Quality in Higher Education. – 2020. – Vol. 26, № 2. – P. 167–183.

4.   Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom. – URL: https://lex.uz/docs/4371479.

References

1.   Egorova Yu.A. Problema kachestva vysshego obrazovaniya [The problem of higher education quality]. Sovremennye naukoemkie tekhnologii, 2022, no. 1, pp. 43–44. (in Russian).

2.   Miller R.I. The Quality Movement in Higher Education in the United States. Higher Education in Europe, 1996, vol. XXI, no. 2–3, pp. 84–93. (in English).

3.   Naureen R. Evolution of quality culture in an HEI: critical insights from university staff in Bangladesh. Quality in Higher Education, 2020, vol. 26, no. 2, pp. 167–183. (in English).

4.   Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom [Regulation on determining the rating of higher education institutions]. Available at: https://lex.uz/docs/4371479 (in Uzbek).

 

Maqola yuborish

Siz ham o'z ilmiy maqolangizni portal orqali onlayn topshiring, tezkor plagiat tekshiruvi hamda taqriz jarayonidan o'ting.

Maqola topshirish

FAQ (Ko'p so'raladiganlar)

Topshirish jarayoni, to'lovlar va nashr shartlari bo'yicha tez-tez beriladigan savollarga javoblarni ko'ring.

FAQ sahifasiga o'tish