Namangan davlat universiteti
Annotatsiya. Ushbu ishda umumiy harakatlanuvchi chegaraga ega hududda yashovchi ikki raqobatlashuvchi populyatsiyaning o‘zaro ta’sirini ifodalovchi Stefan tipidagi masala o‘rganilgan. Modelda chiziqsiz konveksiya hamda har bir populyatsiya zichligiga mutanosib ravishda individlarning kamaytirilishi hisobga olingan. Klassik yechimlar uchun populyatsiyalar zichligining musbatligi va bir xil chegaralanganligi isbotlangan, shuningdek, erkin chegara harakat tezligining yuqori bahosi olingan. Yashash hududi uzunligini populyatsiyalarning vaznli umumiy massalari bilan bog‘lovchi aniq muvozanat tengligi keltirib chiqarilgan. Agar har ikki tur uchun kamaytirish darajasi ularning tabiiy o‘sish tezligidan yuqori bo‘lsa, populyatsiyalar zichligi eksponensial tezlikda nolga intilishi, yashash hududi cheklangan holda qolishi va erkin chegaraning chekli yakuniy holatga yaqinlashishi isbotlangan. Ushbu yaqinlashish xatoligi uchun ham aniq baho berilgan. Yakunda o‘lchovsiz model misolida yo‘qolib ketish mezonining amaliy qo‘llanilishi ko‘rsatilgan hamda yashash hududining yakuniy uzunligi va populyatsiyalar zichligi belgilangan chegaraviy qiymatgacha kamayishi uchun zarur bo‘lgan vaqtni hisoblash imkonini beruvchi baholar olingan.
Kalit so'zlar: Stefan masalasi; umumiy erkin chegara; Lotka–Volterra raqobati; nochiziqli konveksiya; proporsional kamaytirish; massa balansi; eksponensial yo‘qolib ketish.
Аннотация. В работе исследуется задача типа Стефана, описывающая взаимодействие двух конкурирующих популяций, обитающих в области с общей подвижной границей. Модель учитывает нелинейную конвекцию и пропорциональное изъятие особей из каждой популяции. Для классических решений доказаны положительность и равномерная ограниченность плотностей обеих популяций, а также получена верхняя оценка скорости движения свободной границы. Выведено точное балансовое соотношение, связывающее размер области обитания со взвешенными суммарными массами популяций. Установлено, что если интенсивность изъятия у обоих видов превышает их естественную скорость роста, то плотности популяций экспоненциально стремятся к нулю, область обитания остаётся ограниченной, а свободная граница приближается к конечному предельному положению. Кроме того, получена явная оценка погрешности этого приближения. На примере безразмерной модели показано практическое применение критерия вымирания и вычислены оценки конечного размера области обитания и времени, необходимого для снижения плотностей популяций до заданного уровня.
Ключевые слова: задача Стефана; общая свободная граница; конкуренция Лотки — Вольтерры; нелинейная конвекция; пропорциональное изъятие; баланс массы; экспоненциальное вымирание.
Abstract. This study examines a Stefan-type model describing the interaction of two competing populations that share a moving boundary. The model incorporates nonlinear convection and population removal proportional to species density. For classical solutions, the positivity and uniform boundedness of both population densities are proved, together with an upper estimate for the speed of the free boundary. An exact balance relation is derived, linking the size of the habitat to the weighted total masses of the populations. It is shown that when the removal rates of both species exceed their intrinsic growth rates, the populations become extinct exponentially fast, the habitat remains bounded, and the free boundary converges to a finite limiting position. An explicit estimate for the convergence error is also obtained. Finally, a dimensionless example demonstrates how the extinction condition can be applied and provides computable estimates for the limiting habitat size and the time needed for the population densities to fall below a prescribed threshold.
Keywords: Stefan problem; common free boundary; Lotka–Volterra competition; nonlinear convection; proportional removal; mass balance; exponential extinction.